Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 83 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


“KITOBXONLIK HAFTALIGI” DOIRASIDA FARG’ONADA KITOB FESTIVALI BO’LIB O’TADI

×

 2022-04-14 16:08:28    324

PDF yuklash
Chop etish


Joriy yilning 18-23 aprel kunlari mamlakatimiz miqyosida o’tkaziladigan “Kitobxonlik haftaligi” doirasida I Farg’ona kitob festivali ham tashkil etiladi.

Viloyat hokimligi yig’ilish bayoni bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasiga ko’ra, Festival davomida respublika va viloyat nashriyotlari, kitob do’konlari ishtirokida kitob yarmarkalari tashkil etish, mualliflik kitoblari taqdimoti va dastxat qo’yish marosimini o’tkazish uchun respublika, ayniqsa, vodiy viloyatlarining taniqli ijodkorlarini jalb etish, shuningdek, kitob va bosma nashrlar chop etish sohasidagi yangiliklar ko’rgazmasini tashkil etish ko’zda tutilgan.

Farg’onada bo’lib o’tadigan “Kitobxonlik haftaligi” doirasida viloyat miqyosida “Eng yaxshi kitobxon hudud”, “Eng yaxshi kitobxon mahalla”, “Eng yaxshi kitobxon ta'lim muassasasi”, “Eng namunali kitob do’koni” ko’rik-tanlovlari o’tkaziladi, viloyatdagi barcha oliy ta'lim muassasalari talabalari o’rtasida “Eng kitobxon talaba”, “Eng kitobxon guruh”, “Eng kitobxon fakultet” intellektual tanlov va o’yinlari tashkil etiladi.

Viloyatda Axborot-kutubxona markazlarini har tomonlama qo’llab-quvvatlash hamda hududlarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish maqsadida tajriba sifatida viloyat hokimi Ahmad Farg’oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazining, shahar va tuman hokimlari hududiy axborot-kutubxona markazlarining Faxriy raislari etib belgilandi.

“Kitobxonlik haftaligi” kunlarida viloyatimizning taniqli san'atkor va xonandalari ishtirokida gala-kontsert tashkil etilib, kontsertdan tushadigan mablag’lar viloyat ko’zi ojizlar kutubxonasi kitob fondini boyitishga yo’naltiriladi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram