
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
FUQAROLAR YIG’INLARI RAISLARI (OQSOQOLLARI) SAYLOVINING TASHKILIY – HUQUQIY ASOSLARI MUHOKAMA QILINDI

2022-04-16 12:48:17 511
Islom Karimov nomidagi viloyat teatr va kontsert saroyida “Fuqarolar yig’inlari raislari (oqsoqollari) saylovining tashkiliy – huquqiy asoslari” mavzusida seminar bo’lib o’tdi.
Unda Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo’mitasi raisi o’rinbosari, fuqarolar yig’inlari raislari (oqsoqollari) saylovini o’tkazish bo’yicha Respublika ko’maklashuv komissiyasi raisi o’rinbosari Tolibjon Madumarov, Oliy Majlis Senati devonining Tashkiliy ishlar bo’limi mudiri, Respublika ko’maklashuv komissiyasi kotibi Abdurahmon Boboyev, Oliy Majlis Senati a'zolari, fuqarolar yig’inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va o’tkazishga ko’maklashuvchi viloyat komissiyasi mas'ullari, shahar va tumanlar komissiyalari, ishchi guruh raislari, mahalliy Kengashlarning kotibiyat mudirlari, hokimliklarning tashkiliy-kadrlar guruhlari rahbarlari ishtirok etdi.
Seminarni Fuqarolar yig’inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va uni o’tkazishga ko’maklashuvchi viloyat komissiyasi raisi Zokirjon Zohidov olib bordi.
Seminarda so’z olgan Respublika ko’maklashuv komissiyasi raisi o’rinbosari Tolibjon Madumarov “Fuqarolar yig’inlari raislari (oqsoqollari) saylovining huquqiy asoslari” haqida batafsil tushunchalar berdi.
Abdurahmon Boboyev esa “Fuqarolar yig’inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va uni o’tkazishga ko’maklashuvchi komissiyalar va ishchi guruhlarning asosiy vazifalari” to’g’risida ma'ruza qildi.
Joriy yil 16 mart kuni qabul qilingan Oliy Majlis Senati Kengashining “Fuqarolar yig’inlari raislari (oqsoqollari) sayloviga tayyorgarlik ko’rish hamda uni o’tkazish to’g’risida”gi qarori asosida viloyatning barcha mahalla fuqarolar yig’ini – o’zini o’zi boshqarish organida fuqarolar yig’inlari raislari (oqsoqollari) saylovini o’tkazish belgilandi.
Shuningdek, “Fuqarolar yig’ini raisi (oqsoqoli) saylovi to’g’risida”gi qonunga asosan fuqarolar yig’inlari raislari saylovini tashkil etish va o’tkazishga ko’maklashuvchi viloyat, shahar va tumanlar komissiyalari hamda fuqarolar yig’ini raisi saylovini tashkil etish va o’tkazish bo’yicha har bir mahallada Ishchi guruh tuzildi.
Oliy Majlis Senati Kengashining qarori bilan tasdiqlangan tadbirlar rejasida saylovlarni tashkil etish va o’tkazishga ko’maklashuvchi viloyat, shahar va tumanlar komissiyalari hamda Ishchi guruhlari uchun amaliy seminarlar tashkil etish belgilanganligi aytib o’tildi.
Seminar ishtirokchilari saylovlarni tashkil etish va o’tkazish borasida o’zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram