Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Avgust 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 69 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONADA G’O’ZA PARVARISHINING MUHIM AGROTEXNIK TADBIRLARI AMALGA OSHIRILMOQDA

×

 2022-04-17 18:09:27    411

PDF yuklash
Chop etish


Bugun viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyat sektorlari rahbarlari hamrohligida paxtachilik klasterlari faoliyatini muvofiqlashtirish ishlari doirasida Quva va Toshloq tumanlarida bo’lib, 2022 yil paxta hosili uchun chigit ekilgan maydonlarda g’o’za qator oralariga birinchi ishlov o’tkazish ishlari va tashkil etilgan kultivatsiya otryadlari faoliyatiga bag’ishlangan seminarlarda qatnashdi.

Dastlab Quva tumanidagi “Turdali To’xtaxon” fermer xo’jaligida o’tgan uchrashuvda tumandagi mavjud 236 ta fermer xo’jaliklarining 6220 gektardan ziyod yer maydonlarida ekilgan g’o’zalarni agrotexnik tadbirlarini o’z vaqtida va sifatli amalga oshirish haqida so’z bordi. Tajribali dehqonlar maslahatlari eshitildi. Viloyat va tuman hokimligi tegishli mutasaddilari, klaster rahbarlari, hududiy MMTP raislari, fermerlar va mexanizatorlarga oldinda turgan vazifalar tushuntirildi.

Xayrullo Bozorov Toshloq tumani Qumariq MFYdagi “Qumariq Ravnaq fayz” fermer xo’jaligida o’tgan seminarda ham chigit ekilgan maydonlarda g’o’za qator oralariga ishlov berish, kultivatsiya qilish, chuqur yumshatish kabi muhim jarayonlar haqida birma bir to’xtalib o’tdi. Maydonlarda o’qariqlarni olish, suvdan tejamkor foydalanish bilan bog’liq chora-tadbirlarni tushuntirdi. Ishchilarga eng avvalo, mexanizatorlarga barcha shart-sharoitlarni yaratish, oyliklarini o’z vaqtida yetkazib berish zarurligini alohida ta'kidladi. 

Toshloq tumanida 110 ta mexanizatorlardan iborat 9 ta otryadlar tashkil etilgan bo’lib, mavsumda chigit ekilgan 5100 gektardan ziyod maydonda rejadagi 19 200 tonnadan ziyod paxta xomashyosini yetishtirishda ularning hissasi katta bo’ladi. Shuning uchun tadbirda o’z mehnati bilan boshqalarga o’rnak bo’layotgan bir guruh mexanizatorlarga esdalik sovg’alari topshirildi. 

G’o’za parvarishi bilan bir qatorda, g’allachilik va pillachilik bilan bog’liq masalalar ham tuman sektorlar rahbarlari va mas'ullar ishtirokida kelishib olindi. Duolar qilinib, nuroniylar yurtga tinchlik, dehqonchiliklarga qut-baraka tiladilar.












Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram