Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 270 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


HINDISTON KOMPANIYASI FARG’ONADA QUYOSH PANELLARI HAMDA ENERGIYA TEJAMKOR LAMPALAR ISHLAB CHIQARISH LOYIHASINI AMALGA OSHIRISHNI REJALASHTIRMOQDA

×

 2022-04-19 09:28:11    459

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Hindistonning “Indo Capital Lights” kompaniyasi rahbari Abubakir Siddiq Karuvantxodiy boshchiligidagi hindistonlik tadbirkorlarni hamda ularning Farg’ona viloyatidagi mahalliy hamkorlarini qabul qildi.

Uchrashuvda “Indo Capital Lights” kompaniyasi tomonidan Farg’ona viloyatida amalga oshirish rejalashtirilayotgan quyosh panellari hamda energiya tejamkor lampalar ishlab chiqarish loyihasi muhokama qilindi.

Hindistonlik investorlarning ushbu loyihani viloyatning Bag’dod tumanida amalga oshirish bo’yicha bildirgan taklifi viloyat hokimi tomonidan to’la ma'qullandi. 

“Indo Capital Lights” vakillari, shuningdek karton qadoq qutilar ishlab chiqarish hamda Farg’ona shahrida yirik savdo majmuasi barpo etish loyihalari bo’yicha ham biznes-rejalari haqida viloyat hokimiga ma'lumot berdilar.

Muhokama qilingan barcha loyihalar bo’yicha hamkorlikda ish tashkil etish choralari belgilab olindi.

Uchrashuvda viloyat hokimining o’rinbosari Iqboljon Ergashev, “Qo’qon” Erkin iqtisodiy zonasi direktsiyasi rahbari Farrux Rahmonov ham ishtirok etishdi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram