Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyun 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 109 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONADA JORIY YILDA 2 MING 233 TONNA “KUMUSH TOLA” YETISHTIRILADI

×

 2022-04-19 14:47:17    336

PDF yuklash
Chop etish


O’tgan yili viloyatimizda 37259 quti ipak qurti parvarishlanib, 2 ming tonnadan ziyod “kumush tola” xirmoni uyilgan bo’lsa, bu yilgi mavsumda 39168 quti ipak qurtidan 2233 tonna hosil yetishtirish maqsad qilindi. Joriy yilda 60 ming quti sanoat va 2,5 ming quti elita ipak qurti urug’i tayyorlanishi ham rejalashtirilgan.

Ipak qurti ozuqa bazasini rivojlantirish uchun 23 mln. tup tut daraxtlari mavjud 3 690 gektardan oshiq tutzorlar 4500 nafardan ortiq aholiga oilaviy pudrat shartnomasi asosida taqsimlab berilgan.

Viloyat bo’yicha 2020 yil kuz va 2021 yil bahor mavsumida 12 mln.dan ziyod tut ko’chatlari ekilgan bo’lsa, 2021 yil kuz va 2022 yil bahor mavsumida jami 13 mln. tupdan ziyod tut ko’chatlari o’tqazildi. 

Pillachilik korxonalari tomonidan 2021 yilda qiymati 9 mln.dollardan ortiq ipak va ipakli mahsulotlar eksportga yuborildi.

Ipak qurti boqish orqali 16 ming nafarga yaqin aholi doimiy va 81 ming nafardan ziyod fuqaro mavsumiy ish o’rinlariga ega bo’lishi ko’zda tutilgan.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram