
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
MA'SUDJON SULAYMONOV RESPUBLIKA MA'NAVIYAT VA MA'RIFAT MARKAZI FARG’ONA VILOYATI BO’LIMI RAHBARI ETIB TAYINLANDI

2022-04-20 22:21:24 774
O’zbekiston Milliy axborot agentligi – O’zAning Farg’ona viloyati bo’yicha muxbiri bo’lib ishlab kelgan Sulaymonov Ma'sudjon Mo’minovich Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi viloyat bo’limiga rahbar etib tayinlandi.
Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi rahbari Minhojiddin Hojimatov hamda viloyat hokimining o’rinbosari Fayzullo Qosimov ishtirokida o’tkazilgan yig’ilishda yangi rahbar viloyat soha vakillariga va jamoatchilikka tanishtirildi.
Ma'sudjon Sulaymonov 1978 yil 15 mayda Dang’ara tumanida tug’ilgan. 2001 yilda Qo’qon davlat pedagogika institutini, 2003 yilda Farg’ona davlat universiteti magistraturasini bitirgan. 2004 yildan buyon O’zbekiston Milliy axborot agentligi – O’zAning Farg’ona viloyati bo’yicha muxbiri vazifasida ishlab kelayotgandi. 2008 yildan "Ma'naviyat" gazetasi muharriri. Filologiya fanlari nomzodi, 2020 yilda “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram