Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Avgust 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 73 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


TURKIYA TASHQI IQTISODIY ALOQALAR KENGASHI (DEİK) DELEGATSIYASI FARG’ONAGA KELDI

×

 2022-04-20 22:24:19    367

PDF yuklash
Chop etish


Turkiya-O’zbekiston ishbilarmonlar kengashi rahbari, Toshkent shahrida O’zbekistondagi eng baland bino bo’lishi kutilayotgan Nest One loyihasini hammuassislikda amalga oshirayotgan Özgüven Mimarlık ve İnşaat kompaniyasi boshqaruv kengashi raisi O’zgyur Onur O’zgyuven boshchiligidagi Turkiya Tashqi iqtisodiy aloqalar kengashi (DEİK) delegatsiyasi bugun Farg’ona viloyatiga keldi.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi viloyat delegatsiyasi, joriy yil fevral oyida Turkiyaga amaliy tashrif doirasida Istanbulda Turkiya Tashqi iqtisodiy aloqalar kengashida bo’lib, turk investorlar, turli sohalarda muvaffaqiyatli ish olib borayotgan ishbilarmonlar bilan biznes-uchrashuv o’tkazgandi. Xayrullo Bozorov DEİK vakillarini mavjud salohiyat hamda hamkorlik imkoniyatlari bilan yaqindan tanishish uchun Farg’ona viloyatiga taklif qilgandi. (https://t.me/fvhokimligi/9826) Bugungi tashrif ushbu taklif doirasida amalga oshirildi.

O’zgyur Onur O’zgyuven, AKAY İnşaat kompaniyasi boshqaruv kengashi raisi Ertan Olgun, Me-Ka Dış Ticaret kompaniyasi rahbari Erjan Chelik, Genç Değirmen Makinaları kompaniyasi vitse-prezidenti Erjan Bulut hamda Ziraat Bank Uzbekistan boshqaruv raisi Zafer Janpolatdan iborat delegatsiya a'zolari Farg’onada 300 gektarlik maydonda bunyod etilayotgan “Yangi O’zbekiston” massivlari turkumiga kiruvchi Ekoshahar loyihasi bilan joyida tanishdilar, hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar. 

Turkiyalik mehmonlar viloyat hokimining o’rinbosarlari Iqboljon Ergashev va Xojiqo’zijon Isaqov bilan muloqot chog’ida boshqa davlatlar investorlarining Ekoshahar loyihasida ishtiroki hamda sarmoyadorlar uchun mavjud imtiyozlar, Ekoshaharda qurilish ob'ekti barpo etish shartlari, viloyatda uy-joylar va ko’chmas mulklar narxlari va boshqa o’zlarini qiziqtirgan savollarga ham javob oldilar.

Mehmonlar shuningdek, Marg’ilon shahridagi Hunarmandlar markazida bo’ldilar. Markazda hunarmandlar tomonidan olib borilayotgan atlas, adras hamda gilam to’qish jarayonlari turkiyalik ishbilarmonlarda katta taassurot qoldirdi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram