
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
FARG’ONALIK FERMERLAR OLDIDAGI BU YILGI MARRA – PAXTA HOSILDORLIGINI 50 TSENTNERGA YETKAZISH!

2022-04-20 22:28:35 356
Bugun viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyat sektorlari rahbarlari bilan birga hududlarda bo’lib, 2022 yil paxta hosili uchun chigit ekilgan maydonlarda g’o’za parvarishiga bag’ishlangan seminarlarda qatnashdi.
Buvayda, Uchko’prik, Dang’ara, Furqat tumanlarida qishloq xo’jaligi sohasi mas'ullari, klaster rahbarlari, hududiy MMTP raislari, fermerlar va mexanizatorlar ishtirokida o’tgan tadbirlarda g’o’za qator oralariga birinchi ishlov o’tkazish jarayonlari va kultivatsiya otryadlari faoliyatini samarali yo’lga qo’yish masalalari kun tartibida bo’ldi.
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov bugungi kunda Davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan islohotlar tufayli qishloq xo’jaligida qulay shart-sharoitlar yaratilayotganligini qayd etdi. Fermer endi reja uchun emas, manfaat uchun ishlaydigan payt kelganligini qayta-qayta ta'kidladi.
Viloyat rahbari barcha bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilsa, muhim agrotexnik tadbirlar o’z vaqtida va sifatli amalga oshirilsa, yuqori natijalarga erishish mumkinligini o’tgan yili paxta yetishtirishda yuqori hosil olgan fermerlar misolida tushuntirib o’tdi, suvdan tejab foydalanish, “to’liq kontur – to’liq g’o’za” shiori bilan har bir qarich yerdan unumli foydalanish kerakligiga e'tibor qaratdi.
Shuningdek, bu yil viloyatda har bir fermer o’zi uchun 50 tsentnerdan hosil olishni reja qilib, oldinga intilishi zarurligini uqtirdi. Klasterlar rahbarlari va mutasaddilarga g’o’za parvarishi bilan bog’liq ko’rsatmalar berdi.
Nuroniylar va soha faxriylari duoga qo’l ochib, yurtga tinchlik, dehqonchiliklarga baraka tiladilar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram