
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
VILOYAT HOKIMI UCHKO’PRIK TUMANI MAKTABLARIDA O’RGANISHLAR OLIB BORDI

2022-04-20 23:22:31 362
Bugun viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig’i Muhiddin Jo’rayev hamrohligida aholi murojaatlari bo’yicha Uchko’prik tumanida joylashgan maktablardagi mavjud muammolarni o’rgandi.
Xususan, Katta Qashqar MFY hududidagi 53-umumta'lim maktabi 0,22 gektar maydonda joylashgan bo’lib, 1972 yilda qurilgan moslashtirilgan binoda faoliyat ko’rsatib kelayotgani aytildi. Ayni paytda ushbu ta'lim maskanida 340 nafar yoshlar 2 navbatda ta'lim-tarbiya olishmoqda.
Shuning uchun tegishli tartibda 220 o’rinli qo’shimcha o’quv binosi hamda mavjud 180 o’rinli o’quv binosini ta'mirlash uchun 3 mlrd. 880 mln. so’mlik investitsiya loyihasi tayyorlangan. Biroq, hozirgi kunda maktab hududida qo’shimcha bino qurilishi uchun ortiqcha yer maydoni mavjud emasligi sababli fuqarolar tuman zahira yerlari hisobida davlat ro’yxatidan o’tkazilgan mahalla hududidagi bo’sh maydonni yangi bino qurilishiga ajratilishida yordam so’radilar. Murojaat joyning o’zida ijobiy hal etildi.
Viloyat hokimi tumandagi Istiqbol MFYda joylashgan 41-umumta'lim maktabida ham bo’lib, bu yerda ham 220 o’rinli qo’shimcha bino qurish va kapital ta'mirlash jarayonlari bilan bog’liq muammolarni o’rgandi. Ushbu maktab bilan bog’liq masala tegishli tartibda ko’rib chiqilib, ijobiy yechim topilishi ma'lum qilindi.






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram