Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Avgust 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 67 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


SINGAPUR KOMPANIYASI FARG’ONADA INVESTITSION LOYIHALARNI AMALGA OSHIRISHNI REJALASHTIRMOQDA

×

 2022-04-22 12:06:32    383

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimining o’rinbosari Iqboljon Ergashev, O’zbekistonning Singapurdagi elchisi Qahramon Shokirov va Singapurning qurilish sohasidagi eng ilg’or kompaniyalaridan bo’lgan “TiongSeng Group”ning strategiya va rejalashtirish departamenti boshlig’i Darius Lim bilan onlayn uchrashuv bo’lib o’tdi.

Dunyoning qator mamlakatlarida shahar infratuzilmalari, xususan maktablar, mexmonxonalar, turar joy majmualari, biznes markazlari qurilishi bilan shug’ullanib keluvchi ushbu kompaniya viloyatimizdagi qurilish loyihalarida ham qatnashishga katta qiziqish bildirdi.

Kompaniya an'anaviy standart qurilish usullari bilan bir qatorda tejamkor tayyor bloklarni qurish mexanizmini, ya'ni modullar asosida qurilishi mo’ljallangan binoning bloklarini alohida tayyorlab, so’ngra binoni lego uslubida ko’tarish tizimini joriy etgan. Bu jarayon orqali kam mehnat sarfi bilan, tez va sifatli tarzda osmono’par binolarni qurish imkoniyati yuzaga keladi.

Singapur tomonining qator takliflari o’rganib chiqilgach tez orada viloyatimizning qurilish borasida yetakchi bo’lgan firmalari va mutasaddi tashkilotlari ishtirokida navbatdagi onlayn muloqot amalga oshirilishiga va amaliy hamkorlikka kirishishga kelishib olindi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram