
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
MUDDATLI HARBIY XIZMATGA CHAQIRILGAN ASKARLAR QASAMYOD QABUL QILISHDI

2022-04-24 12:14:53 431
Bugun, 24 aprel kuni Ahmad al-Farg’oniy nomli madaniyat va istirohat bog’ida Sharqiy harbiy okrugi Farg’ona va So’x garnizonida muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan askarlarning qasamyod qabul qilishlariga bag’ishlangan tantanali marosim bo’lib o’tdi.
Tantanali marosimda Sharqiy harbiy okrug qo’shinlari qo’mondoni polkovnik Lutfulla Buzrukov, viloyat hokimligi guruh rahbari Yusufjon Kamalov, O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo’limi raisi Enaxon Siddiqova, mas'ul ofitserlar, Qurolli Kuchlar faxriylari, askarlarning ota-onalari, yoshlar ishtirok etdi.
Tadbirda so’z olganlar yoshlarning harbiy xizmatga qiziqishlari ortib borayotgani, Vatan himoyachisi bo’lish yuksak sharafga aylangani, mamlakatimiz Qurolli Kuchlari salohiyatini oshirish borasida olib borilayotgan islohotlar haqida to’xtalib, askarlarga sharafli vazifada muvaffaqiyatlar bildirdilar.
Tadbir davomida respublikamizning barcha viloyatlaridan kelgan 18-25 yoshdagi muddatli harbiy xizmatchilarga O’zbekiston Respublikasi Prezidentining sovg’alari topshirildi.










Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram