
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
SHANXAY HAMKORLIK TASHKILOTIGA A'ZO DAVLATLAR MILLIY KOORDINATORLARI KENGASHI YIG’ILISHI ISHTIROKCHILARI FARG’ONAGA YETIB KELISHDI

2022-04-24 16:46:51 350
Joriy yil 25-28 aprel kunlari Farg’ona shahrida bo’lib o’tadigan Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a'zo davlatlar Milliy koordinatorlari kengashi (ShHT MKK)ning navbatdagi yig’ilishi ishtirokchilari Farg’onaga yetib kelishdi.
ShHT Bosh kotibining maxsus vakili Nurali Irzayev, ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi direktori o’rinbosari Axat Mukashev, ShHTga a'zo davlatlar Milliy koordinatorlari – Ali YErlik (Qozog’iston), Kazыbek Kochkonov (Qirg’iziston), Baxtiyor Xakimov (Rossiya Federatsiyasi), Axmad Saidmurodzoda (Tojikiston), Rahmatulla Nurimbetov (O’zbekiston), Hindiston vakili Satish Kumar va Pokiston vakili Xurram Pakistaniy, shuningdek ShHTga a'zo mamlakatlar tashqi ishlar vazirliklari mas'ullarini Farg’ona xalqaro aeroportida viloyat hokimining o’rinbosarlari Xurshidjon Ahmedov, Alibek Tursunov, shahar hokimi Vosiljon Nazarov va boshqa rasmiylar kutib oldilar.
ShHT Milliy koordinatorlari kengashining navbatdagi yig’ilishi ertaga 25 aprel kuni o’z ishini boshlaydi.







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram