Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
“Olis hududlardagi byudjet tashkilotlariga malakali mutaxassislarni jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorning 8.1-bandi ijrosini ta’minlash bo‘yicha
2022-05-06 18:02:22 453
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-yanvardagi PQ-4940-sonli “Olis hududlardagi byudjet tashkilotlariga malakali mutaxassislarni jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorining 8.1-bandi ijrosini ta’minlash bo‘yicha 2022-yilda bajarilgan ishlar haqida ma’lumot
Olis va chekka hududlarda joylashgan tibbiyot muassasalarida oliy ma’lumotli mutaxassis va tibbiyot xodimiga bo‘lgan ehtiyoj bo‘yicha bo‘sh ish o‘rinlari yuzasidan ma’lumotlarni har oy yakuni bo‘yicha keyingi oyning 5-kuniga qadar Ish.mehnat.uz saytida joylashtirib borilmoqda.
1. Andijon davlat tibbiyot institutining 2021-2022 o‘quv yili bitiruvchilari bilan institut rahbariyati ishtirokida RSHTYOIM Farg‘ona filialida uchrashuv tashkil etib, ularni chekka hududlarda joylashgan, oliy ma’lumotli kadrlarga ehtiyoj mavjud bo‘lgan byudjet tashkilotlariga ishga jalb etish bo‘yicha ustamalar, bir martalik to‘lovlar, xizmat uyi bilan ta’minlash yoki ijara pulini to‘lab berilishi bo‘yicha kerakli tushuntirishlar berildi.
2. So‘x tuman tibbiyot birlashmasi viloyatimizda yashovchi umumiy amaliyot shifokorlarini tuman markazidan 6,5 km uzoqlikda joylashgan Zangat OSHPda 1.25 shtat birligi, tuman markazidan 5 km uzoqlikda joylashgan Mulgon OSHP da 1,0 shtat birligi, tuman markazidan 5 km uzoqlikda joylashgan “Sarikanda”, “Saribozorcha” va “Qal’a” MFYga xizmat ko‘rsatuvchi Sarikanda oilaviy shifokorlik punktida 4.0 shtat birligi, tuman markazidan 10 km uzoqlikda joylashgan “Qizilqiyoq” va “Sharqobod” MFYga xizmat ko‘rsatuvchi Qizilqiyoq oilaviy shifokorlik punktida 1,5 shtat birligi, 50-sonli QOPda 2,0 shtat birligi vakansiyalar mavjud bo‘lib O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-yanvardagi “Olis hududlardagi byudjet tashkilotlariga malakali mutaxassislarni jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4940-son Qarori va Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi 471-son qaroriga asosan Farg‘ona viloyati perinatal markazi akusher ginekologi Satvaldiyeva Ziyoda Kasimjanovnaga hamda Quvasoy shahar tibbiyot birlashmasi tez tibbiy yordam bo‘limi shifokori Abdufatoyev Shoxzodjon Murodalizoda So‘x tumanida oila shifokori vazifasida ishlash uchun tavsiyanoma berildi va viloyat hokimligiga shaxsiy hujjatlari taqdim etildi.