Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyun 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 54 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


“Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘larining yo‘naltirilishi to‘g‘risida hisobot

 2022-05-27 20:12:00    403

PDF yuklash
Chop etish


2022 yil 1 yanvar holatiga “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armalari hisob raqamlarida 2 mlrd. 253,4 mln. so‘m qoldiq mablag‘lari mavjud bo‘lib, o‘tgan besh oy davomida viloyat bo‘yicha “Mahalla” xayriya jamoat fondi huzuridagi “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hisob raqamlariga 8 mlrd. 980,6 mln. so‘m mablag‘ yig‘ildi.

Jumladan, sud hujjatlari ijrosi bo‘yicha 5 mlrd. 476,3 mln. so‘m, Mahalliy byudjet daromadining rejasidan ortiq bajarilishidan tushgan mablag‘lar miqdori 2 804,3 mln. so‘m, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan kelib tushgan homiylik mablag‘laridan 700 mln. so‘mni tashkil etadi.

O‘tgan besh oy davomida Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari qarori asosida qariyb 16 ming 195 oilaga 9 mlrd. 99,6 mln. so‘m mablag‘ sarf etildi. Jumladan, mahallalarda tashkil etilgan “Temir daftar”, “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari”ga kirgan fuqarolarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda. O‘tgan besh oy davomida “Temir daftar”ga kiritilgan 6075 nafar fuqarolarni moddiy qo‘llab quvvatlashga 3 mlrd. 488,6 mln. so‘m mablag‘ yo‘naltirildi, bundan “Temir daftar”ga kirgan ishsiz fuqarolarning o‘zini o‘zi band qilishi uchun 91,0 mln. so‘m, sog‘ligini tiklash uchun 1 mlrd. 236,2 mln. so‘m va boshqa tartibdagi yordamlar uchun 2 mlrd. 161,4 mln. so‘mlik mablag‘lar yo‘naltirildi. 

“Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashda ham muhim moliyaviy manba bo‘lib xizmat qilmoqda. Mazkur daftarga kirgan 589 nafardan ko‘proq xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash uchun 243,1 mln. so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan. Bundan tashqari, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga, ko‘p farzandli oilalarga, nogironligi bo‘lgan shaxslarga va yolg‘iz qariyalar kabi ehtiyojmand oilalarning 9 531 nafariga 5 mlrd. 367,9 mln. so‘m mablag‘ yo‘naltirildi. 

2022 yil 1 aprel holatiga “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hisob raqamlarida viloyat bo‘yicha 2 mlrd. 134,4 mln. so‘m pul mablag‘lari mavjud. O‘zbekiston Respublikasining «2022 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjeti to‘g‘risida»gi Qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-73-son Qarori 8-ilovasi 20-bandiga muvofiq “Mahalla” xayriya jamoat fondi Respublika boshqaruvi tomonidan respublika miqyosida “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘larini yo‘naltirilishi yuzasidan hisoboti O’zbekiston 24 kanali orqali 2022 yil 20 apreldagi briffingi davomida o‘qib eshittirildi, shuningdek, respublika boshqaruvi rasmiy veb-sayti(https://obfm.uz/uz)ga 23 aprel va 26 mayda jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish yuzasidan hisobot joylashtirildi. “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasidan kam ta’minlangan oilalarga mablag‘ ajratish faqatgina xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining qarori bilan amalga oshirib kelinmoqda.