Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyul 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 79 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


SO’XDA DAVLATIMIZ RAHBARI TASHABBUSI BILAN BARPO ETILGAN BOLALAR SOG’LOMLASHTIRISH OROMGOHI TANTANALI TADBIR BILAN FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

×

 2022-06-05 11:54:22    383

PDF yuklash
Chop etish


So’x tumanining Istiqlol mahallasi hududida Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan barpo etilgan bolalar sog’lomlashtirish oromgohi tantanali tadbir bilan foydalanishga topshirildi.

Tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi Qudratilla Rafiqov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikerining birinchi o’rinbosari Akmal Saidov, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi rahbari Minhojiddin Hojimatov, Oliy Majlis Senati a'zolari va Qonunchilik palatasi deputatlari, vazirlik va idoralar mas'ullari, Tojikiston mustaqil kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi Maliksho Ne'matzoda boshchiligidagi Tojikiston delegatsiyasi, Qirg’izistonning Batken va Qadamjoy tumanlari hokimlari, keng jamoatchilik vakillari, ziyolilar, elimiz ardog’idagi ustoz va murabbiylar, taniqli ijodkor va san'atkorlar, nuroniylar va mahalla faollari, ota-onalar hamda bolajonlar ishtirok etdilar.

Tadbirda so’z olgan Xayrullo Bozorov, Qudratilla Rafiqov, Akmal Saidov va boshqalar bugungi kunda mamlakatimizda Davlatimiz rahbari boshchiligida jamiyat hayotining har bir sohasida amalga oshirilayotgan islohot va yangilanishlarning eng avvalo inson manfaatlarini ta'minlashga qaratilganligini alohida qayd etib, bu jarayonda ko’hna tarixga ega So’x yangi O’zbekistonning bir bo’lagi sifatida chin ma'noda yangilanayotganiga e'tibor qaratdilar.

– Muhtaram Prezidentimizning yuksak e'tiborlari natijasida o’tgan besh yil ichida So’xda ulkan tarixiy yangilanishlar amalga oshirildi, – deya ta'kidladi o’z so’zida O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi Qudratilla Rafiqov. – Davlatimiz rahbarining 2020 yil 8 avgustdagi “2020-2021 yillarda Farg’ona viloyati So’x tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora tadbirlari to’g’risida”gi Qarori hamda uning ijrosi natijasida amalga oshirilayotgan o’zgarishlar fikrimizning yorqin dalilidir. Shu o’rinda alohida ta'kidlash zarurki, bundan atigi besh-olti yil ilgari kimdir So’xga viloyat markazidan aviareyslar qatnovi yo’lga qo’yiladi, so’xlik yoshlar uchun oliy ta'limda maxsus grantlar ajratiladi, turli imtiyozlar beriladi, desa birov ishonarmidi?! Bularning barchasi Yurtboshimizning o’z xalqiga, xususan, so’xliklarga bo’lgan qaynoq mehri va g’amxo’rligining yorqin ifodasidir! Bugun tantanali ravishda foydalanishga topshirilayotgan ushbu muhtasham va zamonaviy tipda bunyod etilgan inshoot – So’x bolalar sog’lomlashtirish oromgohi ham Prezidentimiz tashabbusi va e'tiborlari natijasidir.

Qariyb 5 gektar maydonda barpo etilgan “So’x” bolalar sog’lomlashtirish oromgohi 200 o’ringa mo’ljallangan bo’lib, yozgi mavsum davomida 5 smenada jami 1000 nafar bolajonni dam oldirib, sog’lomlashtirishga mo’ljallangan. Ushbu maskanda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari uchun 29 milliard so’mdan ziyod mablag’ yo’naltirilgan.

“So’x” oromgohida o’g’il-qizlarning miriqib hordiq chiqarishi bilan birga, jismonan chiniqib, salomatliklarini mustahkamlashlari, bilimlarini oshirishlari uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan.

Ochilish tadbiri Jo’rabek Murodov, Ozodbek Nazarbekov, G’ulomjon Yoqubov, Yodgor Sa'diyev, Abduhoshim Ismoilov, Zulayho Boyxonova, Mardon Mavlonov, Asliddin Do’stov, Milena Madmusayeva kabi O’zbekiston va Tojikistonning taniqli san'atkorlari ishtirokidagi kuy-qo’shiqlar, chiqishlar, yig’ilganlarning raqslari bilan davom etdi.

Bayram tadbiri yorqin tomosha – so’xliklarning jo’shqin va xurram kayfiyatini yanada orttirgan mushakbozlik bilan yakunlandi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram