
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
Farg‘ona viloyatida aholini ipoteka kreditlari asosida uy-joy bilan ta’minlash uchun subsidiya ajratilishi haqida
2022-06-09 17:22:38 1033
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-dekabrdagi “Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga ko‘ra, 2022-yilda viloyatimizda ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar ajratishning maqsadli ko‘rsatkichlari belgilangan.
Shu o‘rinda, 1541 nafar viloyatimiz fuqarolariga kvartira sotib olish uchun ipoteka krediti bo‘yicha dastlabki badal va foiz to‘lovlarining bir qismini qoplash uchun 75,2 mlrd. so‘m, shuningdek, 500 nafar fuqarolarga yakka tartibdagi uy-joy qurish (rekonstruksiya qilish) uchun ajratilgan kreditlar bo‘yicha foiz to‘lovlarining bir qismini qoplash uchun 8,4 mlrd. so‘m jami 2041 nafar fuqarolarga 83,7 mlrd. so‘m subsidiya ajratilishi belgilangan.
2022-yilning o‘tgan davrida fuqarolar tomonidan ipoteka kreditlari orqali uy-joy sotib olish hamda yakka tartibda uy-joy qurish uchun subsidiya ajratilishi yuzasidan 7169 ta fuqarolardan arizalar kelib tushgan. Xususan, 1746 nafar fuqarolarga (1680 nafari uy-joy sotib olish, 66 nafari yakka tartibda uy-joy qurish) ijobiy xulosa berilgan, 5423 nafar fuqarolarning arizalari tegishli tartibda hududiy komissiyalar tomonidan rad etilgan.
Joriy yilning 5 oyi davomida 640 nafar fuqarolar subsidiya asosida uy-joylarga ega bo‘ldi. Mazkur fuqarolarning dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun 20,5 mlrd. so‘m, shuningdek, kredit foiz to‘lovlarini bir qismini qoplash uchun 893,0 mln. so‘m subsidiya mablag‘lari moliyalashtirildi.
Uy-joy bilan ta’minlash maqsadida hududiy komissiyalar tomonidan ijobiy xulosa olgan viloyatimiz fuqarolariga davlat tomonidan subsidiya mablag‘larini moliyalashtirish ishlari olib borilmoqda.