
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
QO’QON SHAHRIDA TASHKIL ETILGAN TUMANLARARO PERINATAL MARKAZI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

2022-07-01 21:53:40 302
Bugun Qo’qon shahar tibbiyot birlashmasiga qarashli, bir vaqtning o’zida 190 nafar tug’ruq yoshidagi ayollar uchun xizmat ko’rsatadigan tumanlararo perinatal markazi tantanali tadbir bilan foydalanishga topshirildi.
Ochilish tadbirida viloyat hokimining birinchi o’rinbosari Avazbek O’rinboyev, shahar sektorlari rahbarlari, tibbiyot markazi vrach va xamshiralari, jamoatchilik vakillari qatnashdilar.
So’z olganlar soha xodimlarini yangi tug’ruq kompleksi bilan qutlab, markazning barpo etilishi hududlarda onalar va chaqaloqlar salomatligini yaxshilashga, ona va bola o’limini oldini olishga xizmat qilishligini, tibbiyot maskanida tug’ilajak farzandlar kelajakda xalqimizga, vatanimizga xizmat qiladigan, sog’lom, barkamol, vatanparvar yigit va qizlar bo’lishsin deb tilak bildirdilar.
Shundan so’ng faollar ishtirokida ramziy tasma qirqilib, mehmonlar tug’ruq kompleksida yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar.
Qo’qon shahar tumanlararo perinatal markazi Qo’qon shahri, Dang’ara, Buvayda, Bag’dod va Uchko’prik tumanlaridan kelgan tibbiy xizmat olishga muhtoj homilador, tug’uvchi ayollar va chaqaloqlarga perinatal tibbiy xizmat ko’rsatadi.
Tug’ruq kompleksini rekonstruktsiya qilish uchun 13 milliard 885 million so’m mablag’ sarflandi. Tibbiyot muassasasining moddiy-texnika bazasini yaxshilash maqsadida Sog’liqni saqlash vazirligi, viloyat hokimligi va homiylar hisobidan 310 ming dollar kiymatiga teng tibbiy asbob-uskunalar, apparaturalar va jihozlar olindi.










Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram