Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 71 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


QURBON HAYITI ARAFASIDA FURQAT TUMANI FERMERLARI HAMDA G’ALLACHILIK KLASTERI TOMONIDAN EHTIYOJMAND OILALARGA BEG’ARAZ UN, BUG’DOY VA KARTOSHKA MAHSULOTLARI TARQATILMOQDA

×

 2022-07-02 23:14:46    299

PDF yuklash
Chop etish


Joriy yilgi g’alla mavsumini uyushqoqlik bilan o’tkazib, ulkan xirmon uyishga erishgan Furqat tumani fermerlari o’z fermer xo’jaliklari a'zolariga, hududlarda yashovchi ehtiyojmand oilalarga un, bug’doy va xo’jalik uchun zarur mahsulotlarni beg’araz tarqatib borishmoqda. 

2022 yil g’alla hosili davomida tumandagi 204 nafar g’alla yetishtiruvchi fermerlar, g’allachilik klasteri bilan birgalikda ehtiyojlaridan ortgan don mahsulotlarini kam ta'minlangan oilalarga yetkazib berish maqsadida xayriya tadbiri uyushtirdilar.

G’allachilik klasteriga tegishli un tegirmonida mavsumda yetishtirilgan donni qayta ishlab, 60 ga yaqin ehtiyojmand oilalarga 50 kg. dan un mahsulotlari, 60 nafar "daftarlar"da turuvchi aholi vakillariga 1 qopdan kartoshka va bug’doy mahsulotlari beg’araz tarqatildi. 

Uyushqoq fermerlar hamda g’alla klasteri qurbon hayiti arafasida o’z oldiga bunday xayrli amallarni davom ettirishni maqsad qilgan.

Jarayonda ishtirok etgan tuman hokimi Jahongir Jumanov saxovatpesha fermerlar hamda g’allachilik klasterining ushbu ahdini e'tirof etib, ularga minnatdorchilik bildirdi. Yig’ilgan aholi vakillari bilan suhbatlasharkan, tuman rahbari xayrli ishlar hali bardavom bo’lishini ta'kidladi. Mas'ullarga ulug’ ayyom kunlarda bu kabi ezgu tadbirlarni yanada uyushqoqlik bilan tashkillanishini davom ettirish, jarayonlarga kam ta'minlangan, “daftarlar” ro’yxatiga kiritilgan oilalar vakillarini ko’proq qamrab olish yuzasidan ko’rsatma va tavsiyalar berdi. 

Fuqarolar ham bunday g’amxo’rlik va davomli e'tibor, yurtimizdagi xalqchil islohotlar uchun mamnunliklarini bildirishdi.

Bunday savobli ishlar tumanning barcha hududlarida keng ko’lamda davom ettiriladi.








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram