
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
DAVLAT GERBI QABUL QILINGANLIGINING 30 YILLIGI KENG NISHONLANMOQDA

2022-07-02 23:37:49 256
O’zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilinganligining 30 yilligi viloyatimizda keng nishonlanmoqda. Joylarda “Olamni mahliyo aylagan diyor” shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar, uchrashuvlar, yoshlar o’rtasida ijodiy tanlovlar tashkil etilmoqda.
Bugun erta tongdan Farg’ona shahridagi markaziy ko’chalar bo’ylab davlat bayrog’i o’rnatilgan holida vatanparvarlik avtokarvoni tashkil etildi. Bu har bir yurtdoshimizda faxr-iftixor tuyg’ularini uyg’otdi.
Farg’ona shahridagi kasb-hunar maktabida bayram tadbiri tashkil etildi. Unda viloyat hokimining o’rinbosari Jamshed Hatamov ishtirok etdi. Tadbirda davlat ramzlari mustaqilligimizning timsoli ekanligiga, aholi va yoshlar qalbida milliy g’urur va iftixor tuyg’ularini kuchaytirishdagi beqiyos ahamiyatiga e'tibor qaratildi.
Yoshlar tomonidan tayyorlangan bayram dasturi namoyish etildi. Ona Vatanni, tinchlikni madh etuvchi she'rlar barchaga manzur bo’ldi.





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram