Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 69 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VILOYAT HOKIMI MAHALLA FUQAROLAR YIG’INLARI RAISLARI BILAN UCHRASHDI

×

 2022-07-02 23:42:10    670

PDF yuklash
Chop etish


Viloyatdagi mahalla fuqarolar yig’inlari raislari uchun mamlakatimizda mahalla institutini rivojlantirish, mahallabay ishlash tizimini shakllantirish, mahalla raislari faoliyatini qo’llab-quvvatlash, mahalladagi muammolarni o’rganish va hal etish masalalari yuzasidan o’quv seminarlari tashkil etilmoqda.

Seminar doirasida bugun viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Mahalla va nuroniylarni qo’llab-quvvatlash vazirligi boshqarma boshlig’i o’rinbosari Sobir Murodov, Farg’ona, Quvasoy shaharlari va Farg’ona tumanidan kelgan 177 ta mahalla fuqarolar yig’inlari raislari ishtirokida davra suhbati o’tkazildi.

Viloyat hokimi so’zi avvalida mas'uliyatli, sharafli lavozimga saylangan mahalla raislarini tabrikladi. Barcha islohotlar “Inson qadri uchun” degan g’oya asosida amalga oshirilayotganligi, Prezidentning quyi tizimdagi vakili bo’lgan mahalla raislariga katta ishonch bildirilayotganligiga alohida urg’u berib o’tdi.

Shuningdek, mahalla raislariga yil boshidan ish boshlagan hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektorlari ko’makdosh bo’layotgani ta'kidlandi. Raislar tashabbusni qo’lga olib, har bir yordamchilar bilan ish tashkil qilib, hudud aholisini kambag’allikdan chiqarish, ishsizlikni yo’qotish, yoshlarni bo’sh vaqtlaridan samarali foydalanishlari uchun sharoit yaratish, oilaviy ajrimlar, jinoyatchilikni oldini olish bo’yicha muhim vazifalarni belgilab olishlari bo’yicha topshiriqlar berdi. 

Mahallalardagi muhitni yaxshilash maqsadida “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” tashkil etilgani, 2021 yilda Respublika byudjetidan ajratilganidan tashqari viloyat mahalliy byudjetidan 132 mlrd.so’m mablag’ ajratilgani, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 4,5 ming bolaga stipendiya to’langani, 600 nafar ayolga uy qurib berilishi natijasida ko’makka muhtoj aholi qatlamiga yordam ko’rsatilayotganligi ham e'tirof etildi.

Mahalla raislari hududidagi har bir muammoli vaziyatni chuqur o’rganishi va unga yechim topishi kerakligi ta'kidlandi.

Uchrashuvda mahalla raislari bildirilgan ishonchni oqlash uchun astoydil harakat qilib, natija ko’rsatishga va'da berdilar.





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram