Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 76 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONADA “KIBERXAVFSIZLIK TO’G’RISIDA”GI QONUN LOYIHASI MAZMUN-MOHIYATIGA BAG’ISHLANGAN TADBIR TASHKIL ETILDI

×

 2022-07-04 15:53:52    413

PDF yuklash
Chop etish


Farg’ona shahridagi “Tadbirkorlar uyi”da O’zbekiston Respublikasining “Kiberxavfsizlik to’g’risida”gi qonuni loyihasining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka tushuntirishga bag’ishlangan tadbir tashkil etildi. 

Unda viloyat hokimligi guruh rahbari Yusufjon Kamolov, “Kiberxavfsizlik markazi” DUK mas'ul xodimlari, viloyat boshqarma va tashkilotlarining AKT mutaxassislari ishtirok etdi.

Spikerlar Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan joriy yil 25 fevralda qabul qilingan, Oliy Majlis Senati tomonidan 2022 yil 17 martda ma'qullanib, 17 iyuldan kuchga kirishi belgilangan ushbu qonun loyihasida kiberxavfsizlik sohasidagi munosabatlarni tartibga solish ko’zda tutilganligini ta'kidladilar.

Qonun 8 bob, 40 moddadan iborat bo’lib, kiberxavfsizlikni ta'minlashda qonuniylik, kibermakonda shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilishning ustuvorligi kabi bir qator printsiplarni ifoda etgan.

Qonun loyihasini tayyorlashda Rossiya, Xitoy, AQSh, Qozog’iston, Singapur, Ukraina, Gruziya kabi davlatlarning axborot xavfsizligi sohasidagi hujjatlari o’rganib chiqilgan.

Tadbirda shuningdek, kompyuter hodisalariga javob berish – tahdidlarni aniqlash, hujumlar va ularning oqibatlarini aniqlash va oldini olish, ularning oqibatlarini bartaraf etish kabi masalalar tushuntirildi. Xususan, turli xakkerlik hujumlaridan veb-sayt va veb-ilovalarning xavfsizligini ta'minlash chora-tadbirlariga e'tibor qaratildi.

Ishtirokchilar mavzu yuzasidan o’zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram