Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 75 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONALIK TADBIRKORLAR UCHUN BIZNES-TRENING TASHKIL ETILDI

×

 2022-07-25 19:21:34    311

PDF yuklash
Chop etish


Farg’ona shahridagi "Tadbirkorlar uyi"da viloyat hokimligi, viloyat Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi “Farmadad Invest” loyiha guruhi tashabbusi bilan farg’onalik ishbilarmonlar uchun biznes-trening tashkil etildi.

Tadbirni viloyat hokimining o’rinbosari Iqboljon Ergashev ochib berdi. U o’z so’zida viloyatimiz aholisi qadim-qadimdan savdo-sotiq, tadbirkorlik bilan shug’ullanib kelgani, katta tajriba va ko’nikmaga ega ekanligini qayd etdi. Biroq, bugungi kunda sohaga yangiliklar joriy qilinib, hukumatimiz tomonidan qabul qilinayotgan tegishli qarorlar, me'yoriy hujjatlarda ishbilarmonlarga ko’plab imkoniyatlar, imtiyozlar berilayotgani, bundan esa samarali foydalanish zarurligini ta'kidladi. Biznes-trening tashkil etilishi ana shunday talab va ehtiyojdan kelib chiqib amalga oshirilayotganligiga e'tibor qaratdi.

Shundan so’ng respublikamizda tadbirkorlik sohasida yaxshi yutuq va natijalarga erishib kelayotgan taniqli ishbilarmonlar o’z faoliyatlarida yo’l qo’ygan xato va kamchiliklar, tajribalar haqida to’xtalishdi. 

Ayni paytda eksport salohiyatini oshirish, import o’rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish, ishlab chiqarilgan mahsulotlarga haridor topish yo’llari, biznesda sotuv bilan savdoning farqi, kuchli jamoani shakllantirish va xodimlarni boshqarish, biznesni avtomatlashtirish, investitsiyaning oltin qoidalari kabi mavzularda biznes-trenerlar tomonidan mashg’ulotlar davom ettirilmoqda.






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram