
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
POLSHA OLIY TA'LIM MUASSASASI VAKILLARI FARG’ONADA XUSUSIY UNIVERSITET OCHISH TAKLIFINI BILDIRMOQDA

2022-07-25 23:36:41 373
Viloyat hokimining o’rinbosari Fayzullo Qosimov Polshadagi Bыdgoщ Iqtisodiyot universiteti (Wyższa Szkoła Gospodarki w Bydgoszczy) xalqaro loyihalar bo’yicha dekani, Sharqiy hamkorlik markazi direktori Magdalena Bergmann boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashdi.
Viloyat hokimligida o’tgan uchrashuvda Farg’ona viloyati va Bыdgoщ Iqtisodiyot universiteti o’rtasida oliy ta'lim va fan, shuningdek, davlat xizmatchilari malakasini oshirish bo’yicha hamkorlikni yo’lga qo’yish masalalari muhokama qilindi.
Fayzullo Qosimov mehmonlarga tashrif uchun minnatdorchilik bildirib, Farg’ona viloyati haqida, viloyatdagi oliy ta'lim muassasalari faoliyati, ta'lim sohasida erishilgan yutuqlar to’g’risida batafsil ma'lumot berdi.
Mehmonlar ham Bыdgoщ shahrida va yana 7 ta shaharda filiallari joylashgan universitet haqida ma'lumotlarni taqdim qilishdi.
Shuningdek, Farg’onada ham xususiy universitet ochish, 1-bosqichda bakalavr bo’yicha iqtisodiyot yo’nalishidan boshlash, keyinchalik ijtimoiy yo’nalishlarni ham qo’shish va davlat tashkiloti xodimlarini malakasini oshirish kurslarini ham tashkil etishni yo’lga qo’yishda hamkorlikni taklif qildilar.
Bildirilgan takliflar har tomonlama qo’llab-quvvatlanishi ta'kidlanib, OTM ochish tartib-qoidalari, talablari haqida ma'lumotlar taqdim qilinishi va amaliy ishlarni boshlashga kelishib olindi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram