Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 71 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


TANLOVGA MARHAMAT!

 2022-07-28 09:50:17    358

PDF yuklash
Chop etish


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-apreldagi 282-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, 2022-yilning 4-avgust kuni viloyat tadbirkorlar uyida O‘zbekiston Respublikasining Chegara qo‘shinlarining 9229-harbiy qismning, Mudofaa vazirligiga qarashli 42090, 33171 hamda 45370-sonli harbiy qismlari hamda, Ichki ishlar vazirligining Farg‘ona viloyatidagi 7253–harbiy qismida shaxsiy tarkibning ovqatlanishini autsorsing tizimida tashkil etish bo‘yicha talabgorlarni o‘rganish hamda eng yaxshi takliflarni tanlash orqali mazkur harbiy qismiga biriktirish bo‘yicha tanlov o‘tkaziladi.

Bunda umumiy ovqatlanish sohasida katta ish tajribasiga, tegishli moliyaviy, moddiy-texnika va logistika bazasiga ega, oshxonalarning holatini yaxshilashga tayyor bo‘lgan talabgorlarga ustunlik beriladi.

Shuningdek, talabgorlarga nisbatan quyidagi talablar qo‘yiladi:

- yuridik shaxs bo‘lishi;

- autsorsing xizmati bo‘yicha kamida bir oylik shartnoma summasiga teng aylanma mablag‘larga ega bo‘lishi;

- moliyaviy ahvolining barqarorligi, soliq va boshqa majburiy to‘lovlardan qarzdorligi mavjud emasligi;

- statsionar va dala sharoitida autsorsing xizmati ko‘rsatish uchun yetarli moddiy-texnika va logistika bazasiga ega bo‘lishi;

- shtatida yetarli ish tajribasiga va ko‘nikmaga ega xodimlar bo‘lishi talab etiladi.

Shu munosabat bilan, tanlovda ishtirok etish xohishini bildirgan tadbirkorlik subyektlari quyidagi hujjatlarni 2022-yilning 3-avgust kuni soat 18:00ga qadar viloyat hokimligiga (Telefon: 73 244-40-40) taqdim etishlari so‘raladi.

1. Tanlovda ishtirok etish uchun ariza.

2. Tadbirkorlik subyektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘isidagi guvohnoma.

3. Tadbirkorlik subyektining nizomi (ustavi).

4. Umumiy ovqatlanish yo‘nalishidagi faoliyati (faoliyat boshlagan yili va oyi ko‘rsatilishi shart) to‘g‘risida ma’lumot.

5. Ovqatlantirish bilan faoliyat olib borayotgan qo‘shimcha oshxonalarining mavjudligi to‘g‘risida ma’lumot (ovqatlantirish bo‘yicha autsorsing faoliyatini olib borayotgan tadbirkorlik subyektlari xizmat ko‘rsatayotgan harbiy qism, bo‘linma yoki muassasadan faoliyati to‘g‘risidagi tavsifnomani taqdim etadi).

6. Hisob raqamidagi mablag‘ hamda soliq va boshqa majburiy to‘lovlardan qarzdorligi mavjud emasligi to‘g‘risida xizmat ko‘rsatuvchi bankdan ma’lumot.

7. Shtatidagi yetarli ish tajribasi va ko‘nikmaga ega xodimlar soni to‘g‘risida ma’lumot.

8. Statsionar va dala sharoitida autsorsing xizmati ko‘rsatish uchun yetarli moddiy-texnika va logistika bazasi borligi to‘g‘risida ma’lumot.

IZOH: Tadbirkorlik subyektlari tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni o‘rganish natijalari bo‘yicha tanlov g‘olibi aniqlanadi.