
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
FARG’ONADA 71 TA BOLALAR MAYDONCHASI QURILMOQDA

2022-07-29 20:30:56 372
2022 yil davlat dasturiga asosan, Farg’ona viloyatida respublika byudjetining 4,5 mlrd. so’mdan ziyod mablag’lari hisobiga jami 71 ta bolalar maydonchasi qurish rejalashtirilgan. Buning uchun viloyat Uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish boshqarmasi tomonidan ko’p xonadonli uy-joy fondiga tutash hududlarda bolalar sport maydonchalari tashkil etish uchun dastur ishlab chiqilgan.
Bundan tashqari, mahalliy byudjet mablag’lari hisobidan ham hududlardagi talab va ehtiyojdan kelib chiqib, yangi bolalar maydonchalari bunyod etilishi ko’zda tutilgan.
2010-2016 yillar mobaynida viloyat bo’yicha 64 ta bolalar maydonchalari qurilgan bo’lsa, 2017-2021 yillarda bu ko’rsatkich 372 taga yetdi.
Ayni kunlarda Farg’ona shahrida 14 ta, Qo’qon shahrida 15 ta, Rishton tumanida 4 ta, So’x tumanida 2 ta va boshqa shahar-tumanlarda ham bolalar sport maskanlari barpo etilmoqda.
Xususan, Farg’ona shahar Oybek ko’chasidagi 16-sonli hamda Moturudiy ko’chasidagi 26-sonli uylarning old qismida respublika byudjetidan ajratilgan 150 mln. so’mdan ziyod mablag’ evaziga qurilgan bolalar maydonchasi bugun o’g’il-qizlarning sevimli maskaniga aylangan.
Bunday joylarda bolajonlar nafaqat bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazmoqda, balki salomatliklarini mustahkamlab, jismonan ham chiniqishmoqda. Maydonchalarda o’nga yaqin o’yin qurilmasi o’rnatilgan, maskanlarning texnik holati, tozaligi boshqaruv kompaniyasi va mahalla tomonidan doimiy nazorat qilinib, yaroqsiz holga kelgan o’yin qurilmalari yangilanib, takomillashtirilib borilmoqda.





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram