
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
GERMANIYA VA AVSTRIYAGA TASHRIF DAVOMIDA UMUMIY QIYMATI 238,9 MLN. DOLLAR BO’LGAN 8 TA INVESTITSIYAVIY VA EKSPORT SHARTNOMALARI IMZOLANDI
2022-08-01 14:14:09 421
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi viloyat hokimligi mas'ullari, viloyatimizning yirik tadbirkorlaridan iborat Farg’ona viloyati delegatsiyasi amaliy tashrif bilan Germaniya va Avstriyada bo’lib qaytdi.
25-30 iyul kunlari bo’lib o’tgan tashrif davomida Germaniyaning Frankfurt, Nyurnberg, shuningdek, Avstriyaning Mixeldorf shaharlarida nemis moliya institutlari, tibbiyot, sanoat va qishloq xo’jaligi bilan bog’liq davlat idoralari va kompaniyalar bilan uchrashuv hamda muzokaralar o’tkazildi.
Muzokaralar chog’ida dunyodagi hozirgi siyosiy vaziyatdan kelib chiqib, Germaniya tadbirkorlari va moliya institutlari O’zbekistonni muhim iqtisodiy hamkor sifatida ko’rayotgani alohida ta'kidlandi.
Tashrif davomida jami 30 dan ortiq kompaniyalar bilan muzokaralar bo’lib o’tdi va umumiy qiymati 238,9 mln. dollarlik 8 ta, shu jumladan, 232 mln. dollarlik 4 ta investitsiyaviy, 6,9 mln. dollarlik 3 ta eksport shartnomasi, 1 ta hamkorlik kelishuvi imzolandi.





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram




