
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
GERMANIYA BANKLARI VA BOSHQA MOLIYA INSTITUTLARI FARG’ONA VILOYATIDAGI YIRIK ISHLAB CHIQARISH VA INFRATUZILMA LOYIHALARINI MOLIYALASHTIRISHDA ISHTIROK ETADI

2022-08-01 15:39:10 311
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi viloyat delegatsiyasining Germaniyaga va Avstriyaga tashrifi davomida Germaniya taraqqiyot banki “KfW Bankengruppe”, “ODDO BHF Aktiengesellschaft”, “Helaba” (Landesbank) banklari hamda “Commit Project Partners GmbH”, “Jebsen&Jessen F.S. GmbH” kabi moliya kompaniyalari bilan muzokaralar olib borildi.
Germaniya moliya institutlari vakillari bo’lib o’tgan muzokaralarning barchasida Farg’ona viloyatining joriy yil iyun oyida “S&P Global” xalqaro agentligining reytingini olishi muhim voqea bo’lgani, bu e'tirof hududdagi ijtimoiy va infratuzilma loyihalarini moliyalashtirishda “kafolat” sifatidagi hujjatlardan biri sifatida qabul qilinishini bildirdilar.
Nemis moliya tashkilotlari ekspertlari, shuningdek, tijorat loyihalaridan tashqari ijtimoiy va infratuzilma loyihalari doirasida ham ishlashga tayyor ekanliklarini bildirishdi.
Germaniya taraqqiyot banki “KfW Bankengruppe”ning tegishli boshqarmalari rahbarlari bilan muzokaralarda “Qo’qon va Marg’ilon shaharlari bo’yicha ichimlik va oqova suv tizimlarini qurish va rekonstruktsiya qilish” loyihasi muhokama qilindi.
Qiymati 200 million dollardan ziyod bo’lgan ushbu loyiha doirasida Qo’qon va Marg’ilon shaharlarida joylashgan hamda atrof hududlardagi shahar va tumanlarga ham xizmat ko’rsatuvchi oqova suv tozalash inshootlarini, shuningdek, ushbu hududlardagi ichimlik suvi tizimlarini zamonaviy texnologiyalar asosida rekonstruktsiya qilish va qurish rejalashtirilmoqda.
Loyihaning texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqishga 2 mln. yevro grant mablag’larini ajratish bo’yicha Kelishuv loyihasi ishlab chiqilgan. Mazkur hujjatni imzolash uchun KFW delegatsiyasi 4 avgust kuni Toshkent shahriga keladi.
Farg’ona shahridagi neft-gaz kollejini rekonstruktsiya qilish va jihozlash, shuningdek, respublikamizning 7 ta hududi, shu jumladan, Farg’ona viloyatida Germaniya kasbga o’qitish markazini barpo etish borasidagi ishlar yuzasidan ham chora-tadbirlar belgilab olindi.
Muzokalar davomida “KfW Bankengruppe”ning kichik o’rta biznesni qo’llab-quvvatlash va boshqa dasturlari, ular doirasida taqdim qilinadigan kredit shartlari o’rganildi.
“ODDO BHF Aktiengesellschaft” banki bilan o’tkazilgan muzokaralar chog’ida yirik loyihalarni o’zbek banklari orqali yoki to’g’ridan-to’g’ri moliyalashtirish tartiblari ko’rib chiqildi.
Mahalliy tadbirkorlar tomonidan tayyorlab kelingan 4 ta loyiha taqdimoti o’tkazilib, “ODDO BHF Aktiengesellschaft” tomonidan moliyalashtirish bo’yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.
“Helaba” (Landesbank) rahbariyati bilan bo’lib o’tgan uchrashuvda nemis bankiga to’g’ridan-to’g’ri moliyalashtirilishi ko’zda tutilgan investitsiyaviy loyihalar taqdimoti bo’lib o’tdi.
Joriy yil 25 avgustda mazkur loyihalar bo’yicha nemis banki va tashabbuskorlar ishtirokida onlayn muzokaralar o’tkazishga kelishib olindi.
“Jebsen&Jessen Financial Solutions” moliya kompaniyasi ish boshqaruvchisi Shtefaniya Mayer-Zyudovning ta'kidlashicha, YEvropadagi bugungi keskin siyosiy vaziyatda jihoz-uskuna ishlab chiqarib eksport qiluvchilarda buyurtmaning qisqarishi bilan bog’liq muammo kelib chiqishi mumkin.
Shu sababli nemis banklari germaniyalik uskuna eksportchilarini qo’llab-quvvatlashga alohida e'tibor qilmoqda.
Bu borada yillik tovar aylanmasi 3,1 mlrd. dollar, xodimlari soni 7 100 nafar bo’lgan “Jebsen&Jessen Financial Solutions” kompaniyasi shartlari o’zbek tadbirkorlari ishtirokida muhokama etildi.







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram