Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyul 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 66 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONA VA GERMANIYA O’RTASIDA QATOR SOHALARDA O’ZARO MANFAATLI HAMKORLIK YO’LGA QO’YILADI

×

 2022-08-01 16:00:27    407

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi Farg’ona viloyati delegatsiyasi 25-30 iyul kunlari bo’lib o’tgan Germaniya va Avstriyaga tashrif davomida Nyurenberg shahridagi qishloq xo’jaligi va oziq-ovqat “BIOFACH-2022” ko’rgazmasida ishtirok etdi.

Dastur doirasida Nyurenbergda Germaniya Federal oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi vaziri o’rinbosari Ofelia Nik bilan uchrashuv o’tkazilib, o’zaro hamkorlik yo’nalishlari belgilab olindi. Farg’ona va Germaniyaning mos federal yeri o’rtasida qishloq xo’jaligi sohasida hududlararo hamkorlikni yo’lga qo’yishga kelishib olindi.

Ko’rgazma davomida Germaniyaning Xalqaro qishloq xo’jaligi va oziq-ovqat assotsiatsiyasi (“DLG”) bilan aloqalar o’rnatildi. “DLG”ning tegishli mustaqil mutaxassislarini viloyatga jalb qilish, joriy yil dekabr oyida assotsiatsiyaning “DLG Agrifuture” jurnalida viloyat qishloq xo’jaligi salohiyati va investitsiyaviy iqlimi haqida maqola chop etishga kelishildi.

Germaniya xalqaro hamkorlik tashkilotining (GIZ) O’zbekistondagi vakolatxonasi loyiha rahbari Beate Shorayt bilan uchrashuvda qishloq xo’jaligida organik mahsulotlar ulushini oshirishda mahalliy korxonalarni xalqaro konsultantlar bilan ta'minlash, turizmni rivojlantirish, mahallalarda tadbirkorlik tashabbuskorligini oshirish, loyihalarni moliyalashtirish kabi hamkorlik yo’nalishlari belgilab olindi.

Tashrif davomida kasb-hunarga o’qitish hamda mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik bo’yicha qator uchrashuvlar o’tkazildi. Germaniyaning “Teamdress” kompaniyasi bilan Farg’ona shahridagi monomarkazda mahalliy tikuvchilarni nemis standartlari uchun qayta o’qitishni tashkil qilish bo’yicha memorandum imzolandi.

“GfM Gruppe” bilan Farg’ona shahrida “My Way Academy” o’quv markazini tashkil etish, yoshlarni nemis tili B2 darajasi uchun o’qitish, Germaniyaga ishga yuborish masalalari muhokama etildi.

Doychebank “DG Cargo” logistika kompaniyasi vakillari bilan uchrashuvda O’zbekiston, jumladan, Farg’ona viloyati hududidan yuklarni Germaniya temir yo’llari poyezdlari orqali YEvropaga tashish bo’yicha hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Frankfurt shahri Savdo-sanoat palatasi rahbariyati bilan uchrashuvda joriy yil noyabr oyida palataga tegishli OAVda Farg’ona viloyati va Germaniya o’rtasidagi hamkorlik, o’zaro tadbirkorlar delegatsiyalari tashriflarini tashkil qilish, farmatsevtika va kimyo sohasidagi nemis investorlari bilan aloqalar o’rnatishga kelishib olindi.

Barcha yo’nalishdagi erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish yuzasidan “Yo’l xaritasi” ishlab chiqildi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram