
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
HINDISTONNING “APOLLO HOSPITALS” XALQARO SHIFOXONALAR TARMOG’I BILAN HAMKORLIKDA FARG’ONADA ZAMONAVIY TIBBIY KLINIKA BARPO ETISH BO’YICHA YAKUNIY SHARTNOMA IMZOLANDI

2022-08-01 19:55:38 506
Hindistonning Yangi Dehli shahrida yakuniga yetgan O’zbekiston-Hindiston Biznes forumi davomida Farg’ona viloyatidagi “Marafon Group” xolding kompaniyasi hamda Hindistonning “Apollo Hospitals” xalqaro shifoxonalar tarmog’i o’rtasida Farg’onada zamonaviy tibbiy klinika barpo etish bo’yicha yakuniy shartnoma imzolandi.
Transplantologiya sohasida Farg’ona vodiysida yagona klinikani barpo etish bo’yicha imzolangan qiymati 25 million dollarga teng bo’lgan shartnomaga “Marafon Group” xolding kompaniyasi hammuassisi Rustam Jo’rayev va “Apollo Hospitals” boshqaruvi a'zosi doktor Punit Mexta imzo chekdilar. Loyihaning 5 million dollarlik qismi “Marafon Group”ning o’z mablag’lari, qolgan 20 million dollar Abu Dhabi Investment Authority jamg’armasi sarmoyasi hisobidan moliyalashtiriladi.
Joriy yil fevral oyida “Marafon Group” xolding kompaniyasi tarkibidagi “Meridian Diagnostic Hospital” va “ILYASOV” MChJ rahbarlari Nurillo Mamasodiqov va Faxriddin Ilyasov Hindistonda bo’lib, “Apollo Hospitals” sohibi Pratap Chandra Reddi ishtirokida anglashuv memorandumi imzolagandilar.
Hozirda Farg’ona shahrida klinika qurilish ishlari davom etmoqda, binoni jihozlash ishlari boshlab yuborilgan. Klinika 2024 yil 2-choragida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilmoqda.
Ma'lumot o’rnida, “Apollo Hospital” 1983 yilda tashkil etilgan bo’lib, Hindiston klinikalari orasida 5-o’rinni egallaydi. Kompaniya dunyo bo’ylab jami 12 ming o’rinli 71 ta klinikaga ega, tarkibida 150 diagnostika markazi, 90 dan ortiq birlamchi tibbiy yordam poliklinikalari va 3400 ta dorixona mavjud.
Farg’ona shahrida Hindistonning “Apollo” klinikasini tashkil etish topshirig’i Davlatimiz rahbari tomonidan viloyatimizga tashrif chog’ida belgilab berilgan edi.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram