Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
“TASHABBUSLI BYUDJET”DA G’OLIB TAKLIFLAR JADALLIK BILAN AMALGA OSHIRILMOQDA
2022-08-03 12:30:17 236
“Tashabbusli byudjet” jarayonining birinchi mavsumida viloyatda fuqarolar tomonidan ilgari surilgan va “eng ko’p” ovoz to’plagan, amalga oshirish qiymati esa 137,3 mlrd. so’mlik 247 ta takliflar g’olib deb topilgan edi. Bugunga kelib, ushbu takliflarning 231 tasida qurilish – ta'mirlash jarayonlari va 16 tasida jihozlash bilan bog’liq tadbirlar bo’yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.
Xususan, jihozlash bilan bog’liq 16 ta tadbirlarning barchasi bo’yicha mahsulot sotib olish uchun davlat xaridlari savdo maydonchasi orqali ta'minotchi korxonalar bilan 7,5 mlrd. so’mlik shartnomalar imzolandi. 14 taklif bo’yicha sotib olingan mahsulotlar to’liq yetkazib berildi. Qolgan 2 ta taklif bo’yicha ham 679 mln. so’mlik mahsulotlarni o’z manzillariga yetkazish chora-tadbirlari ko’rilmoqda.
Qurilish-ta'mirlash bilan bog’liq 231 ta jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarning 183 tasi bo’yicha pudratchi korxonalar bilan shartnomalar tuzilib, hozirga qadar 105 tasi bo’yicha belgilangan tadbirlar to’liq amalga oshirildi.
Xususan, Farg’ona shahrida 3-DMTTda 4 ta yozgi ayvonlar qurildi, 32-DMTTning tashqi devorlari yangilandi hamda 34-DMTTda ichki sanuzel tizimlarini yangilash ishlari yakuniga yetkazilmoqda.
O’zbekiston tumanida “Tashabbusli byudjet” jarayonining ilk mavsumida “Shakarobod" mahalla fuqarolar yig’ini aholisi ham faol ishtirok etib, o’z tashabbuslarini g’oliblar qatoridan o’rin olishiga erishgan edi. Natijada ayni kunda byudjetdan ajratilgan 800 million so’m mablag’ hisobiga mahallada bir qator obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Mahallaning Ma'rifat va Bunyodkor ko’chalari bo’ylab 910 metr masofada yangi beton ariqlar o’rnatilib, 1 ming 750 metr ichki yo’llar ta'mirlandi va asfalt yotqizildi. Hududda elektr ta'minoti sifatini oshirish maqsadida 160 kVA quvvatga ega bo’lgan yangi transformator hamda 28 ta tayanch ustunlari o’rnatildi.
Uchko’prik tumanida g’olib bo’lgan 13 ta loyihaga 7 milliard 763,5 million so’m mablag’ ajratildi. Tumandagi “Katta Qashqar” MFY da 3156 metr asfalt yotqizildi.
Farg’ona tumanidagi "Oqtepa" mahalla fuqarolar yig’inida 2,9 km qismiga asfalt yotqizildi. 2022 yil “Tashabbusli byudjet” jarayonining 1-bosqichi bo’yicha g’olib takliflar doirasida ishlar joylarda davom etmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram