Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
“QISHLOQ QURILISH BANK” BOSHQARUV RAISI ISHTIROKIDA FARG’ONA VILOYATI TADBIRKORLARI BILAN OCHIQ MULOQOT BO’LIB O’TDI
2022-08-03 13:12:28 199
Farg’ona shahridagi “Tadbirkorlar uyi”da viloyat hokimining birinchi o’rinbosari Avazbek O’rinboyev va “Qishloq qurilish bank” ATB boshqaruv raisi Alisher Murotov ishtirokida viloyat tadbirkorlari bilan ochiq muloqot bo’lib o’tdi.
Uchrashuvda viloyat hokimligi mas'ullari, viloyat boshqarma va tashkilotlari, davlat va tijorat banklari rahbarlari, shahar va tumanlarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar ishtirok etdilar.
“Qishloq qurilish bank” boshqaruv raisi Alisher Murotov tadbirkorlarning oldida turgan muammolarni hal etish bugungi kun davlat siyosatida ustuvor vazifa ekaniga e'tibor qaratib, qonuniy va asosli har bir murojaat yechim topishini ta'kidladi.
Muloqot davomida ishtirok etgan tadbirkorlarning bank tizimi bo’yicha o’z yechimini kutayotgan masalalari, xususan, tibbiy davolash va diagnostika faoliyatini tashkil etish maqsadida uskuna va jihozlar sotib olish, maktabgacha ta'lim muassasini tashkil etish, avtomobillarga gaz to’ldirish uskunalari sotib olish, chinni mahsulotlari ishlab chiqarish uskunasini xarid qilish uchun imtiyozli kredit olishda ko’mak, mavjud kreditlar muddatini uzaytirish va boshqa masalalar bilan bog’liq murojaatlari bank raisi va viloyat hokimining birinchi o’rinbosari tomonidan tinglandi, har bir masalaning qonuniy yechimini ta'minlash bo’yicha banklar mas'ullariga vazifalar belgilab berilib, o’z muddatida hal etilishi tadbirkorlarga ma'lum qilindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram