Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
VILOYATIMIZDA “FARG’ONA VODIYSI TEKSTIL MAHSULOTLARI” BIRINCHI FORUMI O’Z ISHINI BOSHLADI
2022-08-03 16:58:24 292
Bugun viloyat teatr-kontsert saroyida “Farg’ona vodiysi tekstil mahsulotlari” birinchi forumining ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Unda viloyat hokimligi mas'ullari, 50 nafardan ziyod rossiyalik ishbilarmonlar va importyorlardan iborat delegatsiya a'zolari, viloyatimizdagi tekstil korxonalari rahbarlari, bank xodimlari qatnashdi.
Tadbirda so’z olgan viloyat hokimligi Investitsiyalar va tashqi savdo kotibiyati mudiri Azimjon Yuldashev 2100 dan ortiq tekstil korxonalari faoliyat olib borayotgan Farg’onada 130 dan ortiq Rossiya-O’zbekiston qo’shma korxonalari borligini ta'kidladi. Forumning tashkil etilishi tekstil yo’nalishida o’zaro munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqishiga xizmat qilishini aytib o’tdi.
Anjumanda soha tadbirkorlari tashabbusi bilan o’tkazilayotgan ushbu tadbirlar ikki davlat ishbilarmonlari o’rtasida to’g’ridan-to’g’ri aloqalarni yo’lga qo’yilishida o’ziga xos ko’prik bo’lishiga ishonch bildirildi.
Ochiq muloqot davomida tekstil mahsulotlarini eksport qilishda belgilangan tartiblar, bojxona talablari, erkin iqtisodiy zonalar imkoniyatlari, yuklarni transportda tashish jarayonlari, logistika markazlari faoliyati to’g’risida atroflicha ma'lumot berildi.
Shundan so’ng mehmonlar viloyatimizdagi tekstil korxonalari tomonidan ishlab chiqilgan mahsulotlar ko’rgazmasi bilan tanishdilar.
Dasturga ko’ra, ikki davlat tadbirkorlari o’rtasida B2B shaklidagi muzokaralar o’tkazilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, Marg’ilon shahridagi ipak mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Yodgorlik” majmuasi ko’zdan kechiriladi. Keyingi kunlarda esa shahar-tumanlarda faoliyat olib borayotgan tekstil korxonalaridagi ishlab chiqarish jarayonlari ko’riladi va forum 7 avgust sanasida yakuniga yetadi.
Kelgusida “Farg’ona vodiysi tekstil mahsulotlari” birinchi forumi tajribasidan kelib chiqib, dunyoning ko’plab davlatlari, xususan, YEvropa davlatlari sarmoyadorlari va farg’onalik ishbilarmonlar o’rtasida ham forumlar tashkil etish va to’g’ridan-to’g’ri aloqalarni yo’lga qo’yish maqsad qilingan.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram