Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
XALQLAR DO’STLIGI KUNI FARG’ONADA KATTA TANTANA QILINDI
2022-08-03 22:33:33 198
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan mamlakatimizda joriy qilingan “Xalqlar do’stligi kuni” ko’p millatli jonajon O’zbekistonimizda, Farg’onamizda keng qamrovda, yuksak saviyada, ko’tarinki ruhda nishonlanmoqda.
Farg’ona shahridagi Islom Karimov nomidagi teatr-kontsert saroyi ochiq sahnida bugun tashkil etilgan Do’stlik festivali ham buning yaqqol isboti deyish mumkin.
Festivalga tashrif buyurgan mehmonlar dastlab viloyatda faoliyat olib borayotgan milliy madaniy markazlari tomonidan ochiq maydonda tashkil etilgan ko’rgazmalarni ko’zdan kechirdilar.
Tadbirning ochilish marosimida ishtirok etgan Xayrullo Bozorov barcha yig’ilganlarni do’stlik kuni bilan qutladi.
Do’stlik dunyodagi eng ulug’, katta ahamiyat kasb etguvchi qadriyatlardan ekanini qayd etgan Xayrullo Bozorov, qalblarni, millatlarni, xalqlarni birlashtiruvchi, yagona harakat uchun hammani oldinga chorlovchi tuyg’u bo’lgan do’stlik va bag’rikenglik davlatimiz siyosatining asosiy printsiplaridan biri ekaniga e'tibor qaratdi. Viloyat hokimi Davlatimiz rahbari tomonidan amalga oshirilayotgan “Inson qadri uchun" degan ezgu tamoyilni o’zida mujassam etgan islohotlar dinidan, tilidan, millatidan qat'iy nazar O’zbekistonda yashayotgan 130 ortiq millat, elat vakillarining har birining huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini ta'minlashga qaratilganini ta'kidladi.
Tadbirda Xalqlar do’stligi kuni munosabati bilan "Mehnat shuhrati" ordeni bilan taqdirlangan So’x tumani nuroniylar jamoatchilik kengashi faoli Suvxidin ota Sharofidinov, "Wiedergeburt" O’zbekiston nemis milliy madaniy markazining Farg’ona viloyati bo’limi raisi Valentina Millerlarning mehnatlari alohida e'tirof etildi.
Shundan so’ng viloyatda faoliyat olib borayotgan koreys, tojik, yaxudiy, turk, qirg’iz, nemis, tatar, slavyan milliy madaniy markazlari rahbarlari bayram munosabati bilan viloyat hokimining faxriy yorliq, esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.
Tadbir davomida taniqli san'atkorlar hamda milliy madaniy markazlari ijodkorlari tomonidan ijro etilgan kuy-qo’shiqlar, raqslar bayram ishtirokchilariga ko’tarinkilik ulashdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram