Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 132 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


HARBIY QISMDA UCH AVLOD UCHRASHUVI O’TKAZILDI

×

 2022-08-04 12:26:23    280

PDF yuklash
Chop etish


Farg’ona shahrida joylashgan Sharqiy harbiy okrugiga qarashli harbiy qismda uch avlod uchrashuvi bo’lib o’tdi. Unda viloyat Harbiy-ma'muriy sektori rahbarining maslahatchisi Muzaffar Yuldashev, ko’p yillar mudofaa tizimida samarali faoliyat ko’rsatgan faxriylar, o’rta yosh avlod vakillari, harbiy xizmatchilar qatnashdi.

O’zbekiston “Veteran” jangchi faxriy va nogironlari birlashmasi viloyat bo’limi, O’zbekiston qurolli mojarolar va antiteroristik kurash nogiron-faxriylarining “Vatan” xayriya jamoat fondi, O’zbekiston yoshlar agentligining viloyat bo’limi hamkorligida o’tgan tadbir, ayniqsa, yoshlarda katta taassurot qoldirdi.

Yuzma-yuz muloqotda jangchi-faxriylar o’z hayotiy tajribalarini o’rtoqlashib, yoshlarimiz kelajakda vatanimiz taraqqiyoti uchun munosib hissalarini qo’shishlariga ishonch bildirishdi. Ertamiz egalari esa o’zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.

Tadbirda ishtirok etayotgan bir guruh harbiylarga Sharqiy harbiy okrug qo’shinlari qo’mondonining navbatdagi harbiy unvonlari va tashakkurnomalari topshirildi.

Shuningdek, harbiy qismdagi Xotira va qadrlash maydonida mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog’ida halok bo’lgan harbiy xizmatchilar poyiga gullar qo’yilib, hurmat bajo keltirildi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram