Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
“ZAMIN” FONDI TOMONIDAN FARG’ONA SHAHRIDAGI PREZIDENT MAKTABIDA MAHORAT DARSI TASHKIL ETILDI
2022-08-05 18:31:44 208
Farg’ona shahridagi Prezident maktabida “Zamin” fondi va “Digital Generation Uzbekistan” nodavlat notijorat tashkiloti hamkorligida tashkil etilgan “Raqamli avlod” loyihasi doirasida robototexnika va dasturlash bo’yicha mahorat darslari tashkil etildi. Tadbirda viloyat hokimining o’rinbosari Fayzullo Qosimov va viloyat xalq ta'limi boshqarmasi boshlig’i Sherzod Dolimov ishtirok etishdi.
Unda 48 nafar Quvasoy shahar 90-kar bolalar uchun ixtisoslashgan maktab-internati, 20 nafar oilaviy bolalar uylari tarbiyalanuvchilari hamda 24 nafar Prezident maktabi o’quvchilari ishtirok etdi.
Mazkur darslar o’quvchilarning IT sohasi va zamonaviy kasblarga bo’lgan qiziqishlari, bilim olishga bo’lgan intilishlari hamda o’z tengdoshlari qatori o’zlariga bo’lgan ishonch mavjudligini yana bir bor ko’rsatib berdi.
Tadbir so’ngida tashkilotchilar tomonidan faol o’quvchilar va g’oliblar maxsus sovg’alar hamda xalqaro sertifikatlar bilan taqdirlandilar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram