
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
“ODAMLAR HAYOTDAN ROZI BO’LIB YASHASHI UCHUN ISHLASHIMIZ KERAK!” – O’QUV-SEMINARLARINI MUVAFFAQIYATLI TAMOMLAGAN MAHALLA RAISLARIGA SERTIFIKATLAR TOPSHIRILDI

2022-08-06 17:19:45 300
Ma'lumki, viloyatdagi 1062 ta mahalla fuqarolar yig’inlari raislari uchun 40 kun davomida mamlakatimizda mahalla institutini rivojlantirish, mahallabay ishlash tizimini shakllantirish, mahalla raislari faoliyatini qo’llab-quvvatlash, mahalladagi muammolarni o’rganish va hal etish masalalari yuzasidan o’quv-seminarlari tashkil etildi.
Bugun viloyat “Tadbirkorlar uyi” majlislar zalida ushbu o’quvlarning so’nggi bosqichida ishtirok etgan Qo’qon shahar, Uchko’prik, O’zbekiston va Furqat tumanlaridagi 234 ta mahalla fuqarolar yig’inlari raislariga sertifikatlar topshirish marosimi o’tkazildi.
Tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ishtirok etib, mas'uliyatli, sharafli lavozimga saylangan mahalla raislarini yana bir bor tabrikladi. Prezidentimizning quyi tizimdagi vakili bo’lgan mahalla raislariga katta ishonch bildirilayotganligiga alohida urg’u berib o’tdi.
Mahalla raislariga yangi tizim asosida ish boshlagan hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektorlari ko’makdosh bo’layotgani, ularni boshqarish uchun raislar bilimli bo’lishi, tashabbusni qo’lga olib, har bir yordamchilar bilan ish tashkil qilib, odamlarni rozi qilish uchun ishlash kerakligi, natija ko’rsatish vaqti kelganligi alohida ta'kidlandi. Shuningdek, hudud aholisini kambag’allikdan chiqarish, ishsizlikni yo’qotish, yoshlarni bo’sh vaqtlaridan samarali foydalanishlari uchun sharoit yaratish, oilaviy ajrimlar, jinoyatchilikni oldini olish bo’yicha ham muhim vazifalarni belgilab olishlari kerakligi uqtirildi.
Bundan tashqari, mahalla raislari bilimli bo’lishi, o’z ustida tinimsiz ishlab, chiqayotgan qonunlardan xabardor bo’lishi, asosiy e'tiborni mahalla iqtisodiga qaratib, ishsizlikni yo’qotish uchun mahalliy tadbirkorlarni qo’llab-quvvatlash, mahallada ma'naviy muhitni yaxshilashga e'tibor qaratish zarurligi bo’yicha ham tushuntirishlar berildi.
Shundan so’ng mahalla institutini rivojlantirish, uning jamiyatdagi o’rni va nufuzini oshirish hamda mahalla raislarining aholi muammolarini hal etishdagi ustuvor yo’nalishlari bo’yicha o’quv kursini muvaffaqiyatli tamomlagan mahalla raislariga sertifikatlar, o’quv kurslarini tashkil etishda faol ishtirok etgan mas'ullarga viloyat hokimining tashakkurnomalari topshirildi.
Tadbir so’nggida mahalla raislari bildirilgan ishonchni oqlash uchun astoydil harakat qilib, natija ko’rsatishga va'da berdilar.







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram