Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyul 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 71 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


QO’SHTEPADA “FERGANA GLOBAL TEXTILE” PAXTA-TO’QIMACHILIK KLASTERI HOMIYLIGIDA 27 NAFAR EHTIYOJMAND OILA FARZANDLARINING SUNNAT TO’YLARI O’TKAZILDI

×

 2022-08-06 18:17:49    788

PDF yuklash
Chop etish


“Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida boshlanayotgan O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o’ttiz bir yillik bayrami tantanalari arafasida Qo’shtepa tumanida saxovat tadbiri bo’ldi: “Fergana Global textile” paxta-to’qimachilik klasteri homiyligida 27 nafar ehtiyojmand oila farzandlarining sunnat to’ylari o’tkazildi. To’yga bolalarning ota-onalari, yaqin qarindoshlari, jamoatchilik faollari taklif etildilar.

Tuman sektorlari rahbarlari, mahallalar oqsoqollari bilan birgalikda tashkil etilgan ushbu tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ishtirok etdi.

Bolajonlarni qutlash uchun so’z olgan viloyat rahbari Davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan islohotlar natijasida tashkil etilgan paxta-to’qimachilik klasterlari jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotida tobora katta o’rin egallayotganini qayd etib, bugungi xayriya tadbiri ham “Inson qadri uchun” tamoyili asosida yurtimizda bo’layotgan ulkan o’zgarishlarga, xayrli tashabbuslarga “Fergana Global textile” rahbarlarining “labbay” deb bergan javobi ekanini qayd etdi.

To’yda bolalarga yangi sarpolar kiydirilib, har biriga velosiped va boshqa qator sovg’alar topshirildi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram