Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 65 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VII “OSIYO BOLALARI” XALQARO SPORT O’YINLARIDA VILOYATIMIZ YOSH SPORTCHILARI QO’LGA KIRITGAN MEDALLAR SONI 8 TAGA YETDI

×

 2022-08-06 20:01:53    185

PDF yuklash
Chop etish


Rossiya Federatsiyasining Vladivostok shahrida davom etayotgan VII “Osiyo bolalari” xalqaro sport o’yinlarida O’zbekiston Milliy terma jamoasi safida viloyatimiz sportchilari ham muvaffaqiyatli ishtirok etishmoqda. Viloyatimiz yosh sportchilari qo’lga kiritgan medallar soni 8 taga yetdi: 2 ta oltin, 2 ta kumush, 4 ta bronza.

Xususan, dzyudo bo’yicha musobaqalarda Abdulazizxon Sharofiddinov (50 kg), qizlar o’rtasida boks bo’yicha bahslarda Zilola Yusupova (50 kg) oltin medallarni qo’lga kiritishdi.

Bokschi Abdulloh Tohirov (63 kg) hamda bokschi qiz Xilolaxon Masharipova (52 kg) kumush medallar sohibiga aylandilar.

Engil atletika musobaqalarida Ruxshona Muhammadinova (3000 metrga yugurish), Islom Tilaboldiyev (400 metrga yugurish) va Asadbek Haliljonov (800 metrga yugurish), boks bellashuvlarida Raxmonjon Qodirov (80 kg) bronza medallariga sazovor bo’lishdi.

Ma'lumot o’rnida, 27 iyulda 14-16 yoshli o’smirlar o’rtasida start olgan VII “Osiyo bolalari” xalqaro o’yinlari 8 avgustda yakuniga yetadi. Mazkur musobaqada dunyoning 15 ta mamlakatidan 1650 nafar ishtirokchi 273 ta medallar jamlanmasi uchun kurash olib borishmoqda.





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram