Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Mart 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31      

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 80 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONA-HINDISTON IQTISODIY HAMKORLIGIDA YANGI SAHIFALAR OCHILMOQDA

×

 2022-08-08 12:02:28    259

PDF yuklash
Chop etish


Farg’ona viloyati hokimining o’rinbosari Iqboljon Ergashev joriy yil 2-5 avgust kunlari amaliy tashrif bilan Hindistonda bo’ldi.

Tashrif doirasida Xaryana shtati rahbariyati hamda yirik hind kompaniyalari rahbarlari bilan muzokaralar olib borildi.

Investitsiyaviy, savdo va madaniy-gumanitar sohalarda qo’shma loyihalar hamda dasturlarni amalga oshirishni nazarda tutgan alohida tartibdagi hududlararo hamkorlikni yo’lga qo’yish bo’yicha O’zbekiston va Hindiston o’rtasida imzolangan "Yo’l xaritasi”ga muvofiq Xaryana shtati hukumati ma'muriyati Bosh kotibi Shri Yoginder Chaudri bilan muzokaralar olib borildi.

O’zaro manfaatli hamkorlik uchun istiqbolli yo’nalishlar belgilab olindi. Farg’ona viloyati va Xaryana shtati o’rtasidagi Hamkorlik bitimi imzolandi. Hind tomoni joriy yil oktyabr oyida viloyatga tashrif buyurishini bildirdi.

Hindiston ishbilarmon doiralari vakillari bilan o’tgan samarali uchrashuvlar natijasida Farg’ona viloyatida Hind biznesi ishtirokini kengaytirishga qaratilgan qator kelishuvlarga erishildi.

Xaryana shtatidagi “Apollo Group” xoldingi bilan olib borilgan muzokaralarda Farg’ona shahridagi “Marafon” xoldingi bilan birgalikda “takrolimus” oilasiga kiruvchi dori vositalarini ishlab chiqarish zavodini qurish bo’yicha, shuningdek, “Akums Drugs&Pharmaceuticals Ltd.” kompaniyasi bilan farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarishni mahalliylashtirish yuzasidan kelishuvlarga erishildi. Har ikki korxonaning loyihalash ishlari shu oyning o’zida boshlanadi.

“NEO Institute of Medical Sciences and Technology Ltd.” (NEO Group) kompaniyasi Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida hind talabalari tahsil olishini yo’lga qo’yish bo’yicha o’z taklifini taqdim etdi. Kompaniya rahbariyati o’z talabalari shartnoma to’lovini to’lash bilan bir qatorda, ular uchun yotoqxona, kutubxona, laboratoriyalar qurish va jihozlashga investitsiya kiritishga ham tayyorligini bildirib, yaqin kunlarda viloyatga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda.

“MAK Projects P Ltd” kompaniyasi bilan muzokaralar chog’ida viloyatning loyihalashtirish, qurilish va dizaynerlik va boshqa sohalariga investitsiya kiritish masalalari ko’rib chiqildi. Bu boradagi loyihalarni joyida o’rganish va ta'sischilar bilan muzokaralar o’tkazish uchun “MAK Projects P Ltd” vakillari joriy yil sentyabr oyida Farg’ona viloyatiga tashrif buyurishiga kelishib olindi.

Nyu-Dehlidagi “Cetera” va “Ella Foods” kompaniyalari bilan Farg’ona viloyatida yetishtirilgan mahsulotlarni eksport qilish istiqbollari muhokama qilindi. Logistika xarajatlari yuzasidan to’liq hisob-kitoblar amalga oshirilishi bilan ushbu kompaniyalar quritilgan meva-sabzavot va kalava-ip mahsulotlarini sotib olish bo’yicha shartnomalar imzolashga tayyor ekanliklarini ma'lum qilishdi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram