Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 61 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONALIK FERMERLAR VA PAXTA-TO’QIMACHILIK KLASTERLARI RAHBARLARI PAXTACHILIKDA MAVJUD ILG’OR TAJRIBALARNI O’RGANISH UCHUN TURKIYAGA JO’NAB KETISHMOQDA

×

 2022-08-08 12:43:03    362

PDF yuklash
Chop etish


Farg’ona viloyatida faoliyat olib borayotgan paxtachilik fermerlari hamda paxta-to’qimachilik klasterlari rahbarlaridan iborat yirik delegatsiya paxtachilikda mavjud ilg’or tajribalarni o’rganish uchun Turkiyaning Adana viloyatiga jo’nab ketishmoqda. Delegatsiyaga viloyat hokimligi kotibiyat mudiri Azimjon Yuldashev rahbarlik qiladi.

9-13 avgust kunlarida tashkil etilayotgan safar davomida viloyatimiz vakillari Çukurova Universiteti Paxtachilik ilmiy-tekshirish instituti va “Dataem” paxtachilik ilmiy-tadqiqot institutida bo’lishadi, xususiy sektorda yetishtishtirilayotgan paxta dalalarida o’rganish olib borishadi. Shuningdek, Adana viloyatidagi CANSA paxta terish mashinalari ishlab chiqarish korxonasi, shuningdek paxtani qayta ishlovchi hamda urug’lik paxta yetishtiruvchi kompaniyalar faoliyati bilan tanishish ham safar dasturiga kiritilgan.

Farg’ona viloyati delegatsiyasi a'zolari Adanadagi tekstil fabrikalari faoliyatini ham ko’zdan kechirishlari rejalashtirilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yil iyun oyida o’tkazilgan paxta ishlab chiqarish hajmini oshirish hamda to’qimachilik mahsulotlari eksportini ko’paytirishga bag’ishlangan yig’ilishda Davlatimiz rahbari tomonidan Turkiyaning paxta maydoni O’zbekistondan 2 karra kam bo’lsa-da, tolani deyarli teng hajmda ishlab chiqarishi ta'kidlanib, buning asosiy sababi – ilmga, zamonaviy texnologiyalarga e'tibor ekanligi qayd etilgandi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram