
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
MILLIY GVARDIYA TASHKIL TOPGANLIGINING 5 YILLIGI FARG’ONADA KATTA TANTANA QILINDI

2022-08-08 16:15:43 1061
O’zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tashkil topganligining 5 yilligi munosabati bilan Milliy gvardiyaning viloyat boshqarmasida tantanali marosim bo’lib o’tdi. Tadbirda viloyat hokimining o’rinbosari Fayzullo Qosimov, Sharqiy harbiy okrug qo’shinlari qo’mondoni Lutfulla Buzrukov, Davlat xavfsizlik xizmati viloyat boshqarmasi boshlig’i Farhodjon Soliyev, Milliy gvardiya Farg’ona viloyati bo’yicha boshqarma boshlig’i Shavkat Akbarov, viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig’i Muhiddin Jo’rayev, viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig’i Adhamjon Tillavoldiyev, viloyat bojxona boshqarmasi boshlig’i Ixvoljon Azimov ishtirok etdilar.
So’z olganlar soha vakillarini yurtimizdagi tinchlik-barqarorlikni, jamoat xavfsizligini saqlash yo’lidagi fidoyi xizmatlarini alohida e'tirof etishdi va bayram bilan samimiy qutladilar. Milliy gvardiya viloyat boshqarmasi boshlig’i Shavkat Akbarov Milliy gvardiya qo’mondoni general-mayor Rustam Jo’rayevning harbiy xizmatchilarga yo’llagan bayram tabrigini tantanali o’qib eshittirdi.
Shundan so’ng o’z xizmat majburiyatlarini a'lo darajada o’tayotgan harbiy xizmatchilarga bayram munosabati bilan ko’krak nishonlari, navbatdagi harbiy unvonlar, fahriy yorliqlar va qimmatbaho sovg’alar topshirildi.
Harbiy xizmatchilarning saf yurishlari, ko’rgazmali jangovar chiqishlar milliy gvardiyachilarning ko’nikma va mahoratlarini namoyon etdi.










Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram