Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 68 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


“UZBEKISTAN AIRWAYS” AVIAKOMPANIYASI VAKILLARI FARG’ONADA TADBIRKORLAR BILAN UCHRASHDI

×

 2022-08-08 17:20:21    284

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Farg’ona shahridagi “Tadbirkorlar uyi”da “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi rahbariyati tomonidan sayyor qabul tashkil etildi. Unda viloyat hokimining o’rinbosari Xurshid Ahmedov, “Uzbekistan Airways” AJ boshqaruv raisining tijorat va turizm bo’yicha o’rinbosari Shuhrat Xudayqulov, soha mas'ullari hamda tadbirkorlar qatnashdi.

Ochiq muloqotda aviakompaniyada amalga oshirilayotgan yangi loyihalar va rejalar haqida ma'lumot berildi. Tadbirkorlarga, yo’lovchilarga yaratilgan qulayliklar, onlayn xizmatlar bo’yicha to’xtalib o’tildi.

“Maqsadimiz tadbirkorlar bilan yuzma yuz suhbatlashib, ularning taklif va istaklarini o’rganish va yuzaga kelayotgan kamchiliklarni bartaraf etishdan iborat”, - deyishdi aviakompaniya vakillari.

Sayyor qabulda sayyohlik firmalari faoliyatini yanada jonlantirish uchun Farg’ona xalqaro aeroportidan yangi yo’nalishlarni tashkil etish, viloyatda yetishtirilgan qishloq xo’jaligi mahsulotlarini aviareyslar orqali jahon bozorlariga olib chiqish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonlarini soddalashtirish va boshqa turli masalalarda savollar va takliflar o’rtaga tashlandi.

“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi vakillari ishtirokchilar savollariga javoblar berib, takliflar o’rganib chiqilishini va tadbirkorlar bilan doimo ochiq muloqotga tayyor ekanliklarini yana bir bor ta'kidlashdi.







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram