Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 96 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONA VILOYATI VA VENGRIYA O’RTASIDA KO’P TOMONLAMA O’ZARO MANFAATLI HAMKORLIK O’RNATILADI

×

 2022-08-09 12:11:40    578

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Vengriya Respublikasining O’zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Dyula Kovachni qabul qildi.

Uchrashuvda Farg’ona viloyati va Vengriya o’rtasida ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlik imkoniyatlari, zamonaviy qishloq xo’jaligi, sanoat, bank-moliya, farmatsevtika, ta'lim va boshqa qator yo’nalishlarda hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Muloqot chog’ida ikki Davlat rahbarlarining yaqin, o’zaro ishonchga asoslangan munosabatlari so’nggi yillarda O’zbekiston va Vengriya o’rtasidagi ko’plab sohalarda aloqalar rivojlanib borayotganining asosiy omili bo’layotgani alohida ta'kidlandi.

Vengr jamiyatida, ishbilarmon doiralari o’rtasida O’zbekistonga qiziqish katta ekanini qayd etgan elchi Kovach, o’zining viloyatimizga ilk tashrifi Farg’ona viloyati va Vengriya o’rtasida samarali hamkorlikning tamal toshini qo’yishidan umidvor ekanini bildirdi.

Uchrashuvda Farg’ona viloyati va Vengriya hududlari o’rtasida savdo-iqtisodiy va investitsion aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan “Yo’l xaritasi” ishlab chiqishga kelishib olindi.

Farg’ona viloyati hokimligi va viloyat ishbilarmonlari delegatsiyasining Vengriyaga rejalashtirilgan safari dasturini ishlab chiqish hamda uni o’zaro manfaatli natijalar bilan amalga oshirish bo’yicha hamkorlikda ish tashkil etishga kelishildi.

Vengriya qishloq xo’jaligi va tabiiy fanlar universiteti bilan yangi tashkil etilayotgan Qo’qon oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti o’rtasida hamkorlik o’rnatish bo’yicha hamfikrlilikka borildi.

Uchrashuvda viloyat hokimining o’rinbosari Iqboljon Ergashev hamda Vengriyaning O’zbekistondagi elchixonasi savdo-iqtisodiy masalalar bo’yicha vakili Yanosh Vanik ishtirok etdilar.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram