Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
XALQ DEPUTATLARI VILOYAT KENGASHINING QIRQ SAKKIZINCHI SESSIYASI BO’LIB O’TDI
2022-08-09 14:40:23 206
Bugun, 9 avgust kuni viloyat hokimligi katta majlislar zalida Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi qirq sakkizinchi sessiyasi bo’lib o’tdi.
Sessiya ishida viloyatdan saylangan Oliy Majlis Senati a'zolari, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari, kun tartibiga kiritilgan masalaga aloqador davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.
Kun tartibiga ko’ra, dastlab sektorlar va hududdagi tashkilotlar rahbarlari faoliyati hamda murojaatlar bilan ishlash holati yuzasidan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining viloyatdagi Xalq qabulxonasi mudiri Abduxoshim Abdullayevning axboroti tinglangan bo’lsa, keyingi masala yuzasidan viloyat Ma'muriy sudining raisi vazifasini bajaruvchi Nodirjon Xojimatov viloyatda odil sudlovni amalga oshirish, sudning mustaqilligini ta'minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini sud yo’li bilan ishonchli himoya qilish, aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirish borasida ma'muriy sudlar tomonidan 2022 yilning 1-yarim yillik davrda amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusida ko’riladigan chora-tadbirlarga to’xtaldi.
Viloyatda davlat organlari va tashkilotlarida norma ijodkorligi faoliyati hamda huquqni qo’llash amaliyotining holati yuzasidan adliya organlari tomonidan 1-yarim yillikda olib borilgan o’rganishlar tahlili bo’yicha sessiya ishida viloyat Adliya boshqarmasi boshlig’i Abdumannop Bo’riyev so’zga chiqdi.
Navbatdagi masalada esa O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 4 apreldagi “Avtomobil yo’llarida inson xavfsizligini ishonchli ta'minlash va o’lim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori ijrosini ta'minlash maqsadida tuzilgan viloyat hududiy maxsus komissiyasi tomonidan yo’llarning holati, mavjud infratuzilma, avariya o’choqlari, qoidabuzarliklarning tahlili olib borilayotganligi va o’rganish natijalari bilan tanishtirish uchun so’z viloyat ichki ishlar boshqarmasi Yo’l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig’i Toxir Chinaliyevga berildi.
Sessiya ishida shuningdek, joriy yil 24 iyul kuni xalq deputatlari viloyat kengashining bo’shab qolgan deputatlik o’rinlariga o’tkazilgan saylov natijalari e'lon qilinib, yangi saylangan viloyat kengashi deputatlari jamoatchilikka tanishtirildi. Shu bois, xalq deputatlari viloyat kengashi huzurida faoliyat ko’rsatib kelayotgan doimiy komissiyalar tarkibini qayta shakllantirish hamda zaruriyatga ko’ra, yangi doimiy komissiyalarni tuzish bo’yicha xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati tomonidan doimiy komissiyalari raislarining fikrlarini inobatga olgan holda takliflar ishlab chiqilib, sessiya davomida o’qib eshittirildi va deputatlar tomonidan tasdiqlandi.
Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi qirq sakkizinchi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan har bir masala ko’rib chiqilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram