Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
“FARG’ONA VILOYATINING UCHKO’PRIK, O’ZBEKISTON, DANG’ARA, QO’SHTEPA, TOSHLOQ, FARG’ONA TUMANLARI VA QO’QON, MARG’ILON, FARG’ONA SHAHARLARI CHEGARALARINI O’ZGARTIRISH TO’G’RISIDA”GI QONUNCHILIK PALATASINING QARORI LOYIHASI MUHOKAMA QILINDI
2022-08-09 16:43:14 1494
Kecha, 8 avgust kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi fraktsiyasining navbatdagi yig’ilishida “Farg’ona viloyatining Uchko’prik, O’zbekiston, Dang’ara, Qo’shtepa, Toshloq, Farg’ona tumanlari va Qo’qon, Marg’ilon, Farg’ona shaharlari chegaralarini o’zgartirish to’g’risida”gi Qonunchilik palatasining qarori loyihasi ko’rib chiqildi. Loyiha taqdimoti Farg’ona viloyati hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo’jalik, ekologiya va ko’kalamzorlashtirish masalalari bo’yicha o’rinbosari Xojiqo’zijon Isaqov tomonidan amalga oshirildi.
“Farg’ona viloyatining O’zbekiston, Uchko’prik, Dang’ara, Farg’ona, Toshloq, Qo’shtepa tumanlari, Qo’qon, Marg’ilon va Farg’ona shaharlari hududi chegaralarini o’zgartirish to’g’risida”gi qarori loyihasi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 14 dekabrdagi “2020-2024 yillarda Farg’ona viloyatining Marg’ilon va Qo’qon shaharlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi 1001-sonli qarori va Davlatimiz rahbarining 2020 yil 5-6 iyun kunlari Farg’ona viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar va kengaytirilgan tarzda o’tkazilgan yig’ilish ijrosini ta'minlash maqsadida ishlab chiqildi.
Ushbu qaror loyihasiga ko’ra, Farg’ona viloyatining shahar va tumanlaridagi chegaralarini muvofiqlashtirish maqsadida shaharlarning rivojlanish kontseptsiyasiga muvofiq:
Dang’ara tumanidan - 814,9 gektar,
O’zbekiston tumanidan - 1456 gektar,
Uchko’prik tumanidan - 424,6 gektar yer maydoni Qo’qon shahriga,
Farg’ona tumanidan - 951,5 gektar,
Qo’shtepa tumanidan - 133,59 gektar,
Toshloq tumanidan - 34,4 gektar yer maydoni Marg’ilon shahriga,
Farg’ona tumanidan - 811,66 gektar yer maydoni Farg’ona shahar tarkibiga o’tkaziladi.
Chegaralari o’zgarayotgan tuman va shaharlar hududlarining chegaralari bo’yicha, Farg’ona viloyati hokimligi, tuman va shahar hokimliklari takliflari asosida Davlat soliq qo’mitasi huzuridagi Kadastr agentligi tomonidan birgalikda hujjatlar to’plami tayyorlandi.
Ushbu qaror loyihasini qabul qilish zarurati quyidagilar bilan asoslanadi:
Birinchidan, Qo’qon, Marg’ilon va Farg’ona shaharlarining ishlab chiqarish salohiyati va mehnat resurslaridan oqilona foydalangan holda sanoat, qishloq xo’jaligi va xizmat ko’rsatish sohasi, oilaviy tadbirkorlik rivojlantiriladi, bo’sh turgan va qurilishi tugallanmagan bino va inshootlar hamda yer maydonlaridan samarali foydalaniladi, yo’lbo’yi infratuzilmasi imkoniyatlaridan to’liq foydalangan holda servis va xizmat ko’rsatish bo’yicha istiqbolli loyihalar amalga oshiriladi, aholining, xususan, xotin-qizlar, yoshlar va kam ta'minlangan fuqarolar bandligi ta'minlanadi, aholi daromadlari va turmush darajasi oshiriladi, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi va ijtimoiy infratuzilma yanada yaxshilanadi.
Shu maqsadida Qo’qon shahar tarkibiga Uchko’prik tumanidagi 3 ta MFY, O’zbekiston tumanidagi 8 ta MFY, Dang’ara tumanidagi 5 ta MFY hududidan yerlar, Marg’ilon shahar tarkibiga Qo’shtepa tumanidagi 2 ta massiv va 3 ta MFY, Toshloq tumanidagi 1 ta massiv va 2 ta MFY hududidan va Farg’ona tumanidagi 2 ta massiv hududidan yerlar, Farg’ona shahar tarkibiga Farg’ona tumanidagi 3 ta MFY hududidan yerlar o’tkazilmoqda.
Dang’ara, O’zbekiston va Uchko’prik tumanlaridan Qo’qon shahriga qo’shib berilayotgan yer maydonlarida joylashgan mahalla fuqarolari, davolanish uchun Qo’qon shahrida joylashgan markaziy shifoxonaga boriladi, shuningdek, barcha kommunal yo’nalishdagi xizmatlarni shahar tashkilotlari ko’rsatadi.
Qo’shtepa tumanidan Marg’ilon shahriga qo’shib berilayotgan Xumdon, O’qchi mahalla fuqarolari Marg’ilon shahar maktablarida ta'lim oladi. Davolanish uchun Marg’ilon shahrida joylashgan markaziy shifoxonaga boriladi, shuningdek, barcha kommunal yo’nalishdagi xizmatlarni Marg’ilon shahar tashkilotlari ko’rsatadi.
Farg’ona shahriga Farg’ona tumanidan qo’shib berilayotgan yer maydonlarida "Eko shahar" barpo etilmoqda, yakka tartibdagi uy-joylar, dala hovlilar hamda noturar va ijtimoiy soha ob'ektlari shahar kommunal hamda ijtimoiy xizmatlaridan foydalanib keladi.
Mazkur loyihada hududlarning yaxlitligi, ma'muriy-hududiy birliklaridagi davlat boshqaruvining samaradorligi hamda ma'muriy-hududiy birliklarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirilishi asosiy tamoyillaridan biri hisoblanishi belgilandi.
Ikkinchidan, Farg’ona viloyati ma'muriy-hududiy birliklar chegaralarini tartibga solish hamda mahalliy davlat hokimliklari organlari tomonidan hudud boshqaruvini yanada soddalashtirishga olib keladi.
Uchinchidan, Farg’ona viloyati shaharlari va tumanlari chegarasidagi muammoli masalalarni yechish, aholi turmush darajasi sifatini oshirish, ijtimoiy infratuzilmalar hamda yo’l xo’jaligini tubdan yaxshilash imkonini beradi.
To’rtinchidan, Farg’ona viloyati shaharlarini 2021–2030 yillarda rivojlantirish uchun zarur bo’lgan hududlarni belgilash, ushbu davrda investitsiya loyihalarini amalga oshirish, yangi turar-joy massivlarini barpo etish orqali shaharlarning o’sib borayotgan aholisi ehtiyojlarini qanoatlantirishga imkon beradi.
Xususan, Qo’qon shahri tarkibiga o’tayotgan 2 695,56 gektar yer maydonida 15 ming xonadonga mo’ljallangan 150 ta ko’p qavatli uylar, biznes markazlari, umumiy o’rta ta'lim va maktabgacha ta'lim muassasalari barpo etiladi.
Marg’ilon shahri tarkibiga o’tayotgan 1119,49 gektar yer maydonning 50 gektarida 3 ta kichik sanoat zonasi, 40-45 ming aholiga mo’ljallangan 8,3 mingta xonadonga to’g’ri keladigan 108 ta ko’p qavatli turar-joy binolari quriladi.
Farg’ona shahri tarkibiga Farg’ona tumanidan o’tayotgan 811,66 gektar yer maydonida 2022–2025 yillarda amalga oshiriladigan dastur tasdiqlangan bo’lib, 2022 yilning o’zida 70 ga yer maydonida “Yangi O’zbekiston” bog’i, 4,3 ming xonadonga mo’ljallangan 80 ta ko’p qavatli uy, 1,6 ming o’rinli 2 ta maktab, 420 o’rinli 3 ta bog’cha va oilaviy poliklinika quriladi.
Beshinchidan, Farg’ona viloyatidan shaharlarga tutash hududlarni qo’shib berish taklif etilayotgan hududlarni chegarasi amaliyotdan kelib chiqib, tabiiy chegaralar orqali o’tishini belgilashga imkon beradi.
Shuningdek, Qo’qon, Marg’ilon va Farg’ona shahaplari hududi tapkibiga qo’shimcha kipitilayotgan fermer xo’jaliklari va boshqa qishloq xo’jalik korxonalariga qapashli yeplap vaqtincha qishloq xo’jaligi kopxonalapi ixtiyopida qolishi va ushbu yeplapni qishloq xo’jaligi ehtiyojlapidan boshqa maqsadlap uchun ajpatish shaharlar bosh reja loyihasiga muvofiq bosqichma-bosqich O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq amalga oshipilishi nazarda tutilgan.
Yuqoridagilarni inobatga olganda, ushbu qaror loyihasining ma'qullanishi Farg’ona viloyatida boshqaruv samaradorligini oshirish imkonini berishi bilan birga, aholiga zamonaviy ijtimoiy hamda infratuzilmaviy xizmatlarini ko’rsatish imkonini beradi.
Qo’qon, Marg’ilon va Farg’ona shaharlarini kengaytirish bo’yicha tegishli shahar va tumanlar hamda viloyat Xalq deputatlari kengashlarining tegishli qarorlari qabul qilingan.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram