Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyul 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 112 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


SO’XDA “YANGI O’ZBEKISTONDA EL AZIZ, INSON AZIZ” SHIORI OSTIDA TARG’IBOT TADBIRI BO’LIB O’TDI

×

 2022-08-09 18:20:02    323

PDF yuklash
Chop etish


So’x tumanida mamlakatimiz mustaqilligining 31 yilligiga bag’ishlangan “Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida targ’ibot tadbiri bo’lib o’tdi. Unda Ma'naviyat va ma'rifat markazi hududiy bo’linmalari rahbarlari, shoir va yozuvchilar, targ’ibotchilar ishtirok etishdi.

Tadbirda so’z olganlar buyuk istiqlolimiz taqdim etgan tengsiz ne'mat – tinchlik va xotirjamlik, keyingi yillarda “Inson qadri uchun” tamoyili asosida amalga oshirilayotgan ilohotlar, xususan, So’x tumanida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari haqida to’lqinlanib gapirdilar. Millatlararo totuvlik, diniy bag’rikenglik g’oyalarining fuqarolar qalbida yuz ko’rsatayotgan g’unchalari, yurt ishiga kamarbasta bo’lib kelayotgan so’xlik fidoyi insonlar tashabbuslari borasida so’zladilar.

Tuman madaniyat markazida mahalla fuqarolar yig’inlari raislari, faol xotin-qizlar, maktab rahbarlari va tadbirkorlar ishtirokida “So’x tumani: ma'naviy-ma'rifiy sohadagi islohotlar samaradorligi” mavzusida amaliy ko’rgazmali seminar bo’lib o’tdi.

Seminar yakunida bir guruh ma'naviyat targ’ibotchilari hamda sohada fidoyilik ko’rsatayotgan mas'ullar Ma'naviyat va ma'rifat markazi viloyat bo’limi tomonidan tashakkurnomalar, esdalik sovg’alari bilan taqdirlanishdi, kitoblar tarqatildi.

Shuningdek, tadbir ishtirokchilari tumanda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik, obodonchilik ishlari bilan tanishdilar. “Chashma” bulog’i, “Hazrat Ali” ziyoratgohiga borildi, bu yerlarga tashrif buyuruvchilar bilan dildan suhbatlar qurildi.







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram