Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
DIQQАT E’LON! Hurmatli tadbirkorlar va ishbilarmonlar!
2022-08-09 19:35:37 454
Oʼzbekiston Respublikasining 2019-yil 10-maydagi "Davlat-xususiy sheriklik toʼgʼrisida"gi OʼRQ-537-son Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-apreldagi “Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibini takomillashtirish toʼgʼrisida”gi 259-sonli qaroriga asosan “Yo’lbars tex” MCHJ tomonidan Farg’ona viloyati, O’zbekiston tumani, Yaypan shaharchasi “A.Navoiy” ko’chasida joylashgan “Hunarmandlar markazi”da qo’lda shoyi matolar shu jumladan a’lo baxmal to’qishni davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil qilish bo‘yicha tashabbus taklifi, shu jumladan, loyiha konsepsiyasi taqdim etilgan.
Mazkur loyiha doirasida O’zbekiston tumani, Yaypan shaharchasi “A.Navoiy” ko’chasida joylashgan “Hunarmandlar markazi”da qo’lda shoyi matolar shu jumladan a’lo baxmal to’qishni tashkil qilish rejalashtirilgan.
Tenderda qatnashish uchun tadbirkorlar tomonidan qiziqish bildirish uchun soʼrov va tender takliflarini 2022-yil 22-sentabr kuniga qadar Toshkent vaqti bilan 18:00 gacha topshirilishi kerak.
Qiziqish bildirish uchun soʼrov shakli.
Qiziqish bildirish uchun soʼrov va tenderlar (takliflar) quyidagi manzillarda qabul qilinadi:
Farg’ona viloyati hokimligi, Farg’ona shahri, Alisher Navoiy ko`chasi 15-uy.
E-mail: info@ferghana.uz
Telefon: 73 244-07-35
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi Toshkent shahar, Sh.Rashidov shox koʼchasi,16-uy.
E-mail: pppinfo@ppp.mf.uz
AbduvoxidX@ppp.mf.uz
Теlefon: 71 203-03-07 (701)
Eslatma! Elektron yuboriladigan fayl yoki fayllarning hajmi 10 MBdan ortig’ bo’lmasligi lozim. Shu munosabat bilan fayllarni ixchamlashtirgan 10 MBdan ortiq bo’lmagan holda yuborishingiz so’raladi yoki qog’oz shaklida taqdim etishingiz mumkin.
“DXSh toʼgʼrisida”gi Qonunning 17-moddasiga binoan, qiziqish bildirish uchun soʼrov va tender takliflari olingan taqdirda, Farg’ona viloyati hokimligi tomonidan loyihaning xususiy tashabuskori va qiziqish bildirgan uchinchi tomonlar ishtirokida xususiy sherikni aniqlash uchun tender oʼtkaziladi.