Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 101 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


QO’QON SHAHRINING “TURKIY DUNYONING TURIZM POYTAXTI” MAQOMINI OLGANLIGI MUNOSABATI BILAN JORIY YILDA VILOYATIMIZDA 30 GA YAQIN MADANIY-MA'RIFIY TADBIRLAR O’TKAZILADI

×

 2022-08-10 12:08:40    186

PDF yuklash
Chop etish


O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 29 iyuldagi “Turkiy davlatlar bilan turizm sohasidagi hamkorlikni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-338-son Qarori ilovasida Qo’qon shahrining “Turkiy dunyoning turizm poytaxti” maqomini olganligi munosabati bilan joriy yilda viloyatimizda o’tkazilishi rejalashtirilgan madaniy-ma'rifiy tadbirlar Dasturi tasdiqlandi.

Dasturga ko’ra, joriy yil avgust-noyabr oylarida Farg’ona viloyatida, asosan Qo’qon shahrida 30 ga yaqin madaniy-ma'rifiy tadbirlar o’tkaziladi.

Xususan, “Turkvision” xalqaro qo’shiq tanlovini o’tkazish, Turkiy davlatlar tashkilotiga a'zo mamlakatlar rassomlari ishtirokida Qo’qon shahrining madaniy merosi, tabiati va diqqatga sazovor joylarining rangtasvirini yaratish maqsadida plener tadbirini tashkil etish, “Qo’qon turkiy fotosuratchilar ob'ektivida” rukni ostida nomdor fotograflar uchun infotur uyushtirish, Holva festivali, Zargarlar festivali, Chavandozlik va ov turizmi festivali, "Kokand Ethnosport challenge - 2022" xalq milliy o’yinlari va milliy tsirk san'ati bo’yicha xalqaro festival, “Turkiy tilli yoshlar” xalqaro festivali, Murabbo va shirinliklar festivali, “Xalq jamoasi” unvoniga ega bo’lgan folklor jamoalari ishtirokida “Vodiy folk” respublika festivali, Oltiariq uzumchilik festivali kabi tadbirlarni tashkil etish va o’tkazish belgilab qo’yilgan.

Qarorda Farg’ona viloyati, xususan, Qo’qon shahri turizm potentsiali haqidagi materiallarni, festivallar haqidagi anonslarni Euronews va CNN telekanallarida namoyish etish uchun hamkorlik qilish, shuningdek, Qo’qon va Marg’ilon shahrini “UNESCO Creative Cities Network” indeksiga kiritish choralarini ko’rish vazifasi ham belgilangan.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram