Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
TADBIRKORLIK FAOLIYATINI QO’LLAB-QUVVATLASH DAVLAT JAMG’ARMASI RAHBARI O’RINBOSARINING FARG’ONALIK TADBIRKORLAR BILAN UCHRASHUVI BO’LIB O’TDI
2022-08-10 19:29:13 457
Bugun viloyat “Tadbirkorlar uyi” da tadbirkorlik faoliyatini qo’llab-quvvatlash davlat jamg’armasi tomonidan ishbilarmonlar ishtirokida seminar-trening tashkil etildi. Unda jamg’arma ijrochi direktori o’rinbosari Burxon Normirzayev, Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi rahbari Turobjon Qunduzov, Savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmasi boshlig’i Alisher Soliyev qatnashdi.
So’z olganlar davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tashkil etilgan jamg’arma tomonidan tadbirkorlikni rivojlantirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo’llab-quvvatlash borasida bir qator ishlar olib borilayotganligi haqida to’xtalib o’tdilar. Xususan, farg’onalik tadbirkorlarga ko’rsatilgan kafillik va kompensatsiya yordamlari natijasida 34 ming 800 dan ziyod yangi ish o’rinlari yaratilganligi qayd etildi.
Vazirlar Mahkamasining joriy yil 4 avgustdagi qarori bilan tasdiqlangan Iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini qo’llab-quvvatlash davlat jamg’armasi to’g’risidagi nizomga ko’ra, jamg’arma tomonidan moliyaviy yordam ko’rsatish tartiblari tushuntirildi.
O’zbekiston hududida ro’yxatdan o’tgan va faoliyatini amalga oshirayotgan, tugatilish bosqichida bo’lmagan, bankrotlik tartibi qo’zg’atilmagan, murojaat sanasidan kreditlar, soliqlar bo’yicha muddati o’tgan qarzdorligi mavjud bo’lmagan qarz oluvchilarning loyihalari bo’yicha kompensatsiya berilishi ta'kidlandi. Davlat moliyaviy nazorat organlari qarz oluvchilar tomonidan kafillik, kompensatsiyalar berilishi va to’lovlar to’lanishining shartlari, maqsadlari va tartibiga rioya etilishini tekshirib borishi aytib o’tildi va ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram