Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI TOMONIDAN "OCHIQ ADLIYA" DASTURI DOIRASIDA 6 OYLIK ISHLAR SARHISOBIGA BAG’ISHLANGAN MATBUOT ANJUMANI O’TKAZILDI
2022-08-10 19:42:46 220
"Ochiq adliya" dasturi doirasida Farg’ona viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 2022 yilning 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar sarhisobiga bag’ishlangan matbuot anjumani o’tkazildi. Matbuot anjumanida bosma va elektron OAV vakillari, jurnalist, bloger, veb-sayt adminlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va viloyatdagi boshqarma, tashkilot va muassasalarning axborot xizmatlari rahbarlari katnashdilar.
Anjuman avvalida OAV vakillari hamda ijtimoiy tarmoq faollari bilan birgalikda Farg’ona tumaniga press-tur uyushtirildi. Gap shundaki, ayni kunlarda tuman adliya bo’limi, FHDYo, davlat xizmatlari markazi hamda yuridik markazlar fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida bir binoda joylashtirilmoqda. Farg’ona tumani adliya bo’limida fuqarolarga yaratilgan imkoniyatlar va sharoitlar haqida jamoatchilik vakillariga tushuntirishlar berildi.
Qayta rekonstruktsiya qilinib foydalanishga topshirilgan viloyat adliya boshqarmasi binosida press-tur davom etdi. Ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilar binoda xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
Matbuot anjumanida Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara O’rinboyeva ishtirok etdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram